Usmon ibn Ali () – Ali ibn Abu Tolib va Umm al-Baninning oʻgʻli. Karbalo jangida ishtirok etgan va oʻsha jangda shahid boʻlgan. Musulmonlar tomonidan katta hurmatga sazovor shaxs. Baʼzi manbalarga koʻra, Usmon ibn Ali shahid boʻlgan vaqtida 21 yoshda boʻlgan va undan hech qanday voris qolmagan.
Usmon va uning ukalari Abbos, Abdulloh va Jaʼfar Husayn ibn Alini Makkadan Kufaga qilgan safarida hamrohlik qilgan. Ularning uchalasi ham Karbalo jangida shahid boʻlgan. Qabrlari Imom Husayn ziyoratgohidagi Karbalo shahidlarining jamoaviy qabri maqbarasida joylashgan.
Biografiyasi Usmon xalifa Ali va Fotima binti Hizomning oʻgʻli ediIṣfahānī, Maqātil al-ṭālibīyyīn, p. 89.. Bir qancha manbalarga koʻra, uylanmagan va shu sababdan farzandlari boʻlmaganMadinat Dimashq by ibn `Asakir 45/304. Shialik rivoyatlariga koʻra, Ali oʻgʻliga Usmon ibn Mazʼun sharafiga shunday ism qoʻyganal-Amali al-Ithneeniyyah 1/488. thumb|Usmon ibn Ali dafn etilgan Karbalodagi Imom Husayn ziyoratgohi Usmonning onasi Fotima arablarning Banu Kilob qabilasidan Hizom ibn Xolid ibn Rabiyaning qizi edi. U Alining yana uch oʻgʻli, Abbos, Abdulloh va Jaʼfarning ham onasi boʻlgan. Shu sababli ham Ummu al-Banin nomi bilan mashhur boʻlgan.
Oʻlimi Usmon ibn Ali akalari bilan birgalikda Karbalo jangida ishtirok etgan. Xavliy ibn Yazid al-Asbohiy jang maydonida Usmonning peshonasiga oʻq otgan va natijada Usmon otdan yiqilib tushgan. Shundan keyin Banu Dorim qabilasidan bir kishi uning boshini olgan.
Usmon ibn Ali Ashuro kuni oʻldirilganida 21 yoshda boʻlgan. Qabri Imom Husayn ziyoratgohida joylashgan.
Manbalar
Turkum:Alining farzandlari Turkum:659-yilda tugʻilganlar Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:Husayniya Turkum:Muhammadning oilasi