Willy Fauade William (1981-yil 27-iyunda tugʻilgan) – fransiyalik DJ, prodyuser va qoʻshiqchi boʻlib, oʻzining remikslari hamda bir qator sanʼatkorlar bilan ijro etgan vokallari bilan mashhur. Shuningdek, fransuzcha „Ego“ va lotincha „Mi Gente“ (J Balvin bilan) xitlari bilan jahon miqiyosida mashhurlikka erishgan.

Hayoti Willy Fauade William 1981-yil 27-iyunda Fransiyaning Fréjus kommunasida tugʻilgan. Uning otasi Guadeloupelik, onasi esa Eritreyalik boʻlgan. U Sarthe departamentidagi Champagne kommunasida oʻsgan.

Faoliyati Willy William 2003-yilda DJ Flex bilan birgalikda „B Boyz Shake da Body“ shousida qilgan chiqishi hamda 2004-yilda Lord William taxallusidan foydalangan holda „Tragedie“ albomining prodyuseri boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan. Keyinchalik u Collectif Métissé nomli fransuz musiqiy jamoasiga qoʻshilgan, shuningdek, yakkaxon tarzda oʻz materiallarini ishlab chiqarishni ham davom ettirgan.

U koʻplab sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan, shuningdek, oʻz qoʻshiqlarini ham chiqara boshlagan. William DJ Assad bilan „Li tourner“, Les Jumo bilan „C Show“ va „L’Italienne“, KeenʼV bilan „On s’endort?“ hamda Ridsa bilan „Je nʼai pas eu le temps“ qoʻshiqlarini chiqargan.

2016-yilda William oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan va kuylangan fransuz tilidagi „Ego“ taronasini taqdim etgan. Ushbu singl uning 2016-yilda chiqarilgan „Une seule vie“ albomining asosiy singli va yakkaxon ijrochi sifatidagi eng yaxshi fransuzcha xiti edi. „Ego“ qoʻshigʻi Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Polsha va boshqa koʻplab mamlakatlarning xit paradlarida yuqori oʻriblarni egallagan.

2017-yilda u kolumbiyalik superyulduz J Balvin bilan hamkorlikda „Mi Gente“ taronasini chiqarganidan keyin xalqaro miqyosda shuhrat qozongan. Qoʻshiqning ulkan xalqaro muvaffaqiyatidan soʻng ijrochilar Beyoncé bilan birgalikda uning yangi remiks versiyasini taqdim etishgan. Qoʻshiq Latin Billboard Music mukofotiga sazovor boʻlgan va musiqiy videosi YouTubeda 2 milliarddan ortiq tomosha qilingan. 2018-yilda esa „Eng yaxshi Lotincha video“ nominatsiyasida MTV Video Music mukofotiga sazovor boʻlgan. Ketma-ket 12 hafta davomida Spotify Global chartida 1-oʻrinni egallab turgan, shu bilan birga dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarning xit paradlarida ham 1-oʻrinni olgan.

2018-yilda William „La La La“ nomli raqs trekini taqdim etgan. Shuningdek, u David Guetta va Jason Deruloning „Goodbye“ nomli qoʻshigʻida Nicki Minaj bilan birga ishtirok etgan.

William „Mi Gente“ taronasi uchun „Eng yaxshi DJ / prodyuser“ yoʻnalishida Latin Grammy mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Uning „Ego“ qoʻshigʻi esa Shazam orqali eng koʻp qidirilgan fransuz tilidagi singl hisoblanadi.

Diskografiyasi Albomi Nomi Chiqarilgan yili Chartlardagi oʻrni Treklist FRA BEL(Wa) Une seule vie 2016-yil 12 20 „Te quiero“ (radio versiyasi) „Ego“ (radio edit) „Une seule vie“ „Suis-moi“ „Le tour du monde“ „Dangereuse“ „Qui tu es?“ „Tentation“ „Les 6T d’or“ „Tes mots“ „On s’endort“ „Love“ „Personne nʼest parfait“ „Les souris dansent“ „Dernier jour“ „Si j'étais le même“

Manbalar

Havolalar

Turkum:Fransiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar