Severus Snape – Joanna Ketlin Roulingning "Garri Potter" kitobi va filmi seriyalaridagi muhim qahramonlardan biri. Birinchi beshta romanda u Xogvartsda sehrli damlamalar fani oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan, oltinchi kitobda „Qora kuchlarga qarshi himoya“ fanidan dars beradi, yettinchi kitobda esa Xogvarts direktori boʻladi. Snape doimo Garri Potterga nisbatan salbiy munosabatda boʻlib, bu uning Garrining otasi James Potter bilan oʻrtasidagi ziddiyat bilan bogʻliq. Snapening xarakteri sirli boʻlib, uning hayoti va sadoqati haqida koʻplab sirlar voqealar davomida ochiladi.
Snapening vafoti, Lord Voldemort tomonidan oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlib, bu vaqtda uning oʻtmishi va Lily Potter (Garri Potterning onasi) boʻlgan sevgisi haqida maʼlumotlar ochiladi. U bu sevgisi uchun Voldemortning ittifoqidan voz kechib, Albus Dambldor va Feniks jamiyati uchun ikki tomonlama agentga aylanganligi, bu xarakterining eng asosiy jihatlaridan biridir.
Snape xarakteri oʻquvchilar va tanqidchilar tomonidan keng maqtovga sazovor boʻlgan. Rouling uni „aʼlo xarakter“ deb atagan va eng sevimli xarakterlaridan biri boʻlganligini takidlagan. "The Washington Post" jurnalisti Elizabeth Hand, Snape hayotini „Roulingning eng achinarli, ajablanarli va qoniqarli xarakteri“ deb taʼriflagan. Aktyor Alan Rickman Snape rolini 2001-2011 yillarda barcha sakkiz filmda ijro etgan.
Xarakterning rivojlanishi Intervyularning birida: Rouling uni „antiqa qahramon“ deb atagan boʻlib, bu xarakterni yaratishda u bolaligida oʻzi yoqtirmagan oʻqituvchisidan ilhomlangan. U Snapeni shafqatsiz oʻqituvchi sifatida taʼriflagan, lekin shu bilan birga uning dars berishdagi samaradorligini ham eʼtirof etgan. Snape yaratilishida haqiqiy shaxslardan, masalan, Roulingning kimyo oʻqituvchisi John Nettleshipdan naʼmuna olingan . J. K. Rouling boshqa qahramonlarga nisbatan Snape haqida kamroq ochiq gapirgan, chunki uning haqiqiy sodiqligi va motivlari faqat soʻnggi kitobda ochiladi. Biroq, Rouling bir necha bor Snapening muhim roli haqida ogohlantirib, odamlarni „Snapeni kuzatishda davom etishlari kerak“ligini taklif qilgan. 1999-yilda Snapening sevgisi, hayoti va uning xarakteridagi savolga javoban Rouling bu haqda oldindan bilganini aytib oʻtgan. Shuningdek, Azkaban mahbusi chop etilgandan soʻng, bir ayol fanat Snapeni Lily Evansni sevganini taxmin qilganini aytgan.
Seriya yakunlangandan soʻng, Rouling Snape haqida ochiq gapira boshladi va uning xarakteridagi oʻsish bilan Albus Dambldor oʻrtasidagi kontrastni muhokama qildi. Rouling „seriyaning asosi Dambldor va Snape hikoyasidir“ dedi va Snape oxir-oqibat ijobiy qahramonga aylanishini har doim bilganini tasdiqladi. Shuningdek, u Snapening hikoyasi davomida uni ehtiyotkorlik bilan rejalashtirganini aytdi. Yettinchi kitobda barchasi ochilib, siz Snapening motivlarini tushunasiz. „Kitoblar davomida bu voqealarga qaratilgan savollarga javobni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldim, chunki har bir narsani birdan oshkor qilib boʻlmasdi. Agar buni oxirigacha kashf qilganimda, oʻquvchiga nisbatan bu adolatsizlik boʻlardi“ deydi yozuvchi. Rouling yana bir intervyusida Snapening kechirilishin istaganini aytib oʻtdi. „Snape murakkab inson edi… u xato qilgan inson edi, bizning barchamiz kabi“, Garri oxir-oqibat Snapening yaxshiligini biladi va uni kechiradi. Turkum:Harry Potter filmidan
Obraz
Romanlar
Garri Potter va hikmatlar toshi
Snape "Garri Potter va hikmatlar toshi"da, Garri Xogvartsga kelganidan soʻng tezda paydo boʻladi. U maktabning sehrli damlamalar fani oqituvchisi boʻladi, „u qora sanʼatlarga qarshi himoya fani oʻqituvchilik kursisini juda xohlaydi“ degan keng tarqalgan mish-mishlar mavjud bolgan. Snape oʻzi bu mish-mishni "Garri Potter va Feniks jamiyati"da tasdiqlaydi. Snape – xafagarchilik va yovuzlikni ifodalaydigan oʻqituvchi boʻlib, u Garriga tez-tez qattiq va kamsituvchi shamalar qiladi. U tezda kitobdagi asosiy dushmanga aylanadi, chunki Garri uni hikmatlar toshini oʻgʻirlashda va uni oʻldirishga harakat qilishda gumon qiladi. Kitobning faqat eng yuqori nuqtasi Professor Quirrellning Lord Voldemort bilan ittifoqda ekanligini va haqiqiy dushman ekanligini ochib beradi. Aslida Snape Quirrellga shubha bilan qarab, butun kitob davomida Garri uchun gʻamxoʻrlik qilgan. Oxirgi bobda, Dambldor Garrining otasi James Snapeni talabalik paytida qutqargani sababli, ularning ikkalasi bir-birini yomon koʻrganiga qaramay, Snape Garri uchun mas’uliyatni his qilgani aytib oʻtgan. Oxirgi kitobda bu toʻliq hikoya emasligi ochiladi. Har holda, Quirrellning haqiqiy roli ochilgandan keyin ham, Garri Snapega nisbatan shubha va nafrat hislarini saqlaydi, va ularning munosabati doimiy ravishda oʻz kuchida qoladi. Snapening Garriga nisbatan munosabati ham oʻzgarmaydi.
Garri Potter va maxfiy hujra
''Garri Potter va maxfiy hujra''da Snape kichik rolda boʻladi, u Gilderoy Lokhartga Xogvartsning qisqa muddatli duel klubini nazorat qilishda yordam beradi, ammo asosiy syujet bilan kam aloqasi bor. Duel klubida qatnashayotganda, Garri Snapedan „Expelliarmus“ sehrini koʻrib, uni oʻrganadi, bu sehr keyingi kitoblarda muhim rol oʻynaydi.
Garri Potter va Azkaban mahbusi
"Garri Potter va Azkaban mahbusi"da Snape oʻzining damlamalar boʻyicha mahoratini namoyish etib, yangi qora sanʼatlarga qarshi himoya professori Remus Lupin uchun murakkab „Wolfbane“ damlamasini tayyorlaydi. Uchinch kitob davomida Snape, Lupin Garrining tutingan otasi Sirius Blakni Xogvarts qmaktabiga kiritishga yordam berayotganiga shubha qiladi. Sirius, Peter Pettigrev va begunoh odamlarni oʻldirishda (keyinchalik notoʻgʻri ekanligi maʼlum boʻladi) va Potter oilasining yashirin joyini Voldemortga oshkor qilishda ayblangan. Bu gumon Siriusning Lupin va Garrining otasi James bilan doʻstligidan kelib chiqadi. Kitobning eng muhim joylaridan birida Snape Siriusni ushlashga harakat qiladi, lekin Sirius Garrining yordami bilan qochib ketadi. Snape bu holat haqida Dambldorga maʼlumot beradi va Garri va Lupin jazolanishmaganida, Snape butun maktabga Lupinning boʻri odam ekanligi haqida oshkor qilib, uni lavozimidan boʻshashiga majbur qiladi.
Bu qismda Snape va James oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida koʻproq maʼlumotlar aytib oʻtilgan. Maktabda oʻqiyotganlarida Sirius bir vaqtlar Snapeni Lupin boʻri odamga aylangan vaqtida uming oldiga kirishi uchun aldashga harakat qilgan. James xavfni sezib, Snapeni toʻxtatib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu birinchi kitobning oxirida Dambldor tilga olgan hodisa. Biroq Snape Jamesning harakatlarini oʻz manfaatlari uchun, oʻqishdan chetlatilmaslik maqsadida qilingan deb hisoblaydi..
Garri Potter va alanga kubogi
"Garri Potter va alanga kubogi" toʻrtinchi romanda Severus Snapening roli avvalgi uch kitobdagi kabi katta oʻzgarishlarga ega emas. Garri kutilmaganda Uch sehrgar turniriga qoʻshilganda Snape juda gʻazablanadi. Keyinchalik, Garri Dambldorning xotiralari toʻldirilgan idishga tasodifan tushib, bir nechta Voldemortning yordamchilarining sud jarayonlarini koʻradi. Bir paytlar Snape Igor Karkaroff tomonidan Voldemortning yordamchisi sifatida ayblanadi, ammo Dambldor Snapeni himoya qiladi va u avvallari haqiqatdan ham Voldemortning yordamchisi boʻlganligini tan olsa ham, Voldemortning oʻlimidan oldin Dambldor tomonga oʻtganligini va Voldemortga qarshi josus boʻlganini aytadi. Dambldoe keyinchalik Garriga Snapening haqiqatdan oʻzi tomoniga oʻtganini taʼkidlaydi, lekin bu maʼlumotni rost ekanligini qayerdan bilishini Dambldor aytishdan bosh tortadi, „bu maʼlumot Professor Snape va men oʻrtamizdagi masala“ deb javob beradi .
Kitob oxirida Dambldor, sehrgarlar vaziri Kornelius Fudjni Voldemortning qaytganiga ishontirishga harakat qiladi. Dalil sifatida Snape Fudjga qoʻlidagi qayta tiklangan ajal belgisining tatuirovkasini koʻrsatadi. Shundan soʻng, Dambldor tomonidan unga maxfiy vazifa beriladi. Bu vazifa, "Garri Potter va Feniks jamiyatida" taklif qilingan va „Garri Potter va tilsim shahzodasi“ qismida maʼlum boʻlganidek, Voldemortning yordamichilari safiga qaytish va Voldemortga qarshi ikkinchi marta agent sifatida josuslik qilishdir, bu vaqt ichida Voldemort nomidan Dambldorga nisbatan josuslik qilishni boshlaydi.
Garri Pottar va Feniks jamiyati
Beshinchi romanda, "Garri Potter va Feniks jamiyati"da, Snape yanada muhim rolga qaytadi. Voldemort toʻliq jismoniy holatga qaytgach, Snape Dambldor uchun ikki barobar koʻproq faoliyat koʻrsatadigan agent sifatida ishlashda davom etadi. Maktab boshlanishidan oldin yashirin qarorgohda Feniks jamiyatiga hisobot berayotgan Snape koʻrinadi. U yashirin qarorgohni egallagan Sirius bilan juda ziddiyatli munosabatda boʻladi (qarorgoh Siriusning uyi boʻladi). Snape Siriusni uning qochqin nomi sababli Feniksda faol rol oʻynay olmasligi bilan haqorat qiladi. Garri keyinchalik bu haqoratlar Siriusning xavfli tavakkal qilishga sabab boʻlganini his qiladi. Maktabda Snapening Feniks jamiyatiga boʻlgan sadoqati Garriga nisbatan nafratini oʻzgartirmaydi.
Kitobning keyingi qismida Dambldor Snapedan Garriga Oklumensiyadan dars berishni soʻraydi, yaʼni ongni tashqi aralashuv yoki taʼsirdan himoya qilish . Bu mashqlar ularning oʻzaro dushmanligi sababli qiyinlashadi va Garri Snape xotiralari jamlangan idishidan Snapening eng yomon bolalik xotiralaridan birini ruxsatsiz koʻrgani uchun muddatidan oldin tugaydi. U Snapeni James va Sirius tomonidan haqorat qilinganini va Garrining onasi Lilyni „Mudblood“ (juda haqoratli atama) deb atagan xotirasini koʻradi. Lekin oxirgi kitobda Snape va Lily oʻrtasida bu toʻqnashuvdan oldin yaqin doʻst boʻlishgani maʼlum boʻladi.
Roman oxiriga yaqin, maktabning siyosiy tayinlangan rahbari Dolores Umbridge Garrini qoʻlga olib, Dambldorning qayerda ekanligini soʻraydi. U Snapeni chaqirib, Grridan yashirayotgan maʼlumotlarini oshkor qilish uchun sehrli haqiqat damlamasini taqdim etishini talab qiladi. Snape Umbridgega damlamani beradi va uning damlamasi boshqa yoʻq ekanligini, tugaganini aytadi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Snape aslida Umbridgega soxta damlamani bergan. Snape keyin Garrining Siriusning qoʻlga olingani haqida sirli ogohlantirishini boshqa Feniks aʼzolariga yetkazadi, bu esa ularni vazirlikda qutqarishga imkon beradi. Garri hali ham Snapeni Siriusning oʻlishida qisman ayblaydi, chunki Snapening haqoratlari Siriusni jangga qoʻshilishiga undagan deb hisoblaydi.
Garri Pottar va zoti past shahzoda
"Garri Pottar va zoti past shahzoda"ning ikkinchi bobida Narcissa oʻgʻli Drakoga Voldemort tomonidan qiyin bir vazifa berilganini Snapega aytadi va Snapeni buzilmas qasamyod bilan qasam ichishga majbur qiladi, u Drakoni himoya qiladi, Drakoga Voldemortning vazifasini bajarishda yordam beradi va Drako muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, oʻzi vazifani yakunlaydi. Bellatrix uning sadoqati borasida ikkilanishda boʻladi va Snape Voldemort tonga qaytganidan beri shubhalari borasida ish olib boradi. Voldemort va uning yordamchilari Snapening Dambldorning ishonchini qozonishi va himoyasini olishi, uni Azkabandan saqlab qolgan, deb hisoblar edi.