Ivan Vladimirovich Shishkin (ukrainalik Ivan Volodimirovich Shishkin; 1983-yil 16-sentabr , Magdeburg) – ukrainalik futbolchi, himoyachi; futbol murabbiyi. U futbolchilik faoliyatining katta qismini Sevastopol klubi tarkibida oʻtkazgan. Futbol boʻyicha sport ustasi

Futbolchilik faoliyati 1983-yil 16-sentyabrda Magdeburg shahrida tugʻilgan. Ivan tugʻilgandan toʻrt yil oʻtgach, ota-onasi Sevastopolga koʻchib oʻtgan. Olti yoshida Ivan futbol oʻynashni boshlagan, shu bilan birga boks bilan hamshugʻullangan. Ivan SKS stadionida Eduard Onoprienko qoʻl ostida futbol sir-asoslarini oʻrgangan. Keyinchalik esa „Chayka“ stadionida Evgeniy Repenkov bilan birga mashgʻulot oʻtkazgan.

1990-yillarning oxirida u Sevastopolning Chernomorets yoshlar jamoasida shahar chempionatida oʻynagan va yakunda turnir gʻolibi boʻlgan. 1999-yil 30-oktyabrda 16 yoshida Ukraina Ikkinchi ligasida janubiy Ukrainaning „Olympia FC AES“ jamoasiga (2:1) qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. 1999-yilda u Kiyevda boʻlib oʻtgan Ukraina Qurolli Kuchlari chempionatida ham oʻynagan.

2003-yilda Qrim chempionatida „Alvita“ jamoasida bir muddat oʻynagan. Shishkin „Sevastopol“ jamoasida toʻqqiz mavsum oʻynagan. Jamoa bilan birgalikda u Ukrainaning Ikkinchi va Birinchi ligalari gʻolibi boʻlgan., 2006/07-yilgi Ukraina kubogining 1/4 finaliga qadar yetib borgan. Bundan tashqari, Shishkin Ukraina Ikkinchi ligasining „Sevastopol-2“ farm klubida ham oʻynagan. 2008-yilgi mavsum qishgi transfer oynasi vaqtida Shishkin Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubining mavsum oldi yigʻinida ishtirok etgan, ammo oxir-oqibat Ukrainaga qaytib kelgan.

Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin u Rossiya fuqaroligini qabul qilgan. 2015/16-yilgi mavsumda SKCHF uchun Qrim Premyer-ligasining birinchi mavsumida oʻynagan. Turnirning birinchi davrasida oʻynagach, Shishkin futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Murabbiylik karerasi 2010-yilda V. I. Vernadskiy nomidagi Taurida milliy universitetini jismoniy tarbiya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2016-yildan buyon SKCHF klub tizimida ishlagan. Seleksiya boʻlimida ishlab, Sergey Shimanskiyga yordam bergan. Keyinchalik Sevastopol yoshlar jamoasini boshqarib, bolalar murabbiyi boʻlgan. 2020-yil dekabr oyida u „B“ toifali murabbiylik litsenziyasini olgan.

Statistika MavsumKlubLigaChempionatKubokOʻrinbosarlarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar1999/00Chernomorets (Sevastopol)Ukraina ikkinchi ligasi502001/02Chayka-Dengiz flotiUkraina ikkinchi ligasi3302002/03SevastopolUkraina ikkinchi ligasi302003/04302004/052202005/06190102006/07241512007/08Ukraina Premyer-ligasi32122008/092412008/09Sevastopol-2Ukraina ikkinchi ligasi902009/10SevastopolUkraina Premyer-ligasi251102010/11Ukraina Premyer-ligasi001002011/12Niva (Ternopol)Ukraina ikkinchi ligasi1002012/13Slavutich (Cherkassi)Ukraina ikkinchi ligasi922013/1421120Umumiy faoliyatidagi statistikasi2397111100

Yutuqlar Sevastopol

Ukraina birinchi ligasi gʻolibi: 2009/10 Ukraina Ikkinchi ligasi gʻolibi: 2006/07 Ukraina Ikkinchi ligasining bronza medali sovrindori: 2005/06

Manbalar

Havolalar

Profile at Crimean Football Union

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Sevastopol futbolchilari Turkum:FC Sevastopol (2014) futbolchilari Turkum:FC Nyva Ternopil futbolchilari Turkum:FC Cherkashchyna futbolchilari Turkum:FC Chayka-VMS Sevastopol futbolchilari Turkum:FC Sevastopol-2 futbolchilari Turkum:Qrim Premyer-ligasi futbolchilari