Laetitia Marie Laure Casta (1978-yil 11-mayda tugʻilgan) – fransuz modeli va aktrisasi.

U Cosmopolitan, Vogue, Rolling Stone, Elle va Glamour kabi mashhur jurnallarning 250 dan ortiq muqovalarida chiqqan va Yves Saint Laurent, Jean-Paul Gaultier, Chanel, Dior, Dolce & Gabbana, Paco Rabanne, Kenzo, Louis Vuitton, Christian Lacroix, Roberto Cavalli, Jacquemus, Ralph Lauren va Vivienne Westwood kabi brendlar bilan birga ishlagan.

Casta aktrisa sifatida „Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi“ (1999), „Born in 68“ (2008), „Face“ (2009), „Gainsbourg: A Heroic Life“ (2010), „Arbitraj“ (2012), „A Faithful Man“ (2018) va „The Crusade“ (2021) kabi filmlarda suratga tushgan. „Gainsbourg: A Heroic Life“ filmidagi roli uchun esa „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.

Hayoti Laetitia Casta Normandiyaning Pont-Audemer shahrida tugʻilgan. Uning onasi Line Blin Normandiyalik, otasi Dominique Casta esa Korsikalik boʻlgan. Castaning Jean-Baptiste ismli akasi va Marie-Ange ismli singlisi bor. U bolaligini Normandiya va Korsikada oʻtkazganLaetitia Casta, Assouline 1999, p. 12..

Laetitianing ota tomondan ajdodlari italyan boʻlishgan.

Siyosiy faoliyati 2008-yil 6-aprelda Casta, 2002-yildan beri FARC tomonidan qoʻlga olingan prezidentlikka nomzod Íngrid Betancourtning darhol ozod etilishini talab qilish maqsadida tashkil etilgan „White March“ () nomli norozilik namoyishida ishtirok etgan„White March for Ingrid Betancourt“ (in French), INA, 6 April 2008.. 2002-yil 30-aprelda esa prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidan soʻng oʻtkazilgan „Vive la République“ () nomli namoyishda qatnashganDemonstration Vive la Republique (in French), France 3 TV news 19|20 by INA, 30 April 2002..

U 2016-yil 9-dekabrda UNISEF tashkilotining yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan va mojaroli hududlarda yashovchi 250 million bolalarga yordam berish majburiyatini olgan.

Shaxsiy hayoti 2001-yil 19-oktyabrda Casta qiz farzandni dunyoga keltirdi. Uning otasi fotograf Stéphane Sednaoui edi. Casta, keyinchalik, italiyalik aktyor Stefano Accorsi bilan unashtirilgan boʻlib, ularning 2006-yilda tugʻilgan oʻgʻli va 2009-yilda tugʻilgan qizi borSei mamma? Ti licenziano (in Italian) (You are mother? You are fired), Style, 28 April 2009.. 2017-yil iyun oyida Casta ikki yillik sevgilisi, fransuz aktyori Louis Garrelga turmushga chiqqan.

Filmografiyasi Yil Film Rol Rejissyor Izoh 1999-yil Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi Falbala Claude Zidi 2000-yil La Bicyclette Bleue Lea Delmas Thierry Binisti France2 telekanali uchun ishlangan telefilm |Gitano Lucia Junco Manuel Palacios 2001-yil Les ames fortes Therese Raoul Ruiz 2002-yil Rue des plaisirs Marion Patrice Leconte Saundtrek ijro etgan 2003-yil Errance Lou Damien Odoul 2004-yil Luisa Sanfelice Luisa Sanfelice Paolo TavianiVittorio Taviani France2 va RAI Uno telekanallari uchun telefilm 2006-yil Le grand appartement Francesca Cigalone Pascal Thomas La Deraison du Louvre Yosh xonim Ange Leccia Luvr muzeyida suratga olingan dialogsiz qisqa metrajli filmDanesi, Fabien. Review about The Folly of the Louvre , Films by The Louvre.Frodon, Jean Michel (April 2006). „The Dream of Light“. Les Cahiers du Cinema , issue 611.Frederic Sanchez: English > Press > Les Cahiers du Cinéma, April 2006. Nymphea Nodon Ange Leccia Qisqa metrajli film 2007-yil Le Petit Monde de Charlotte Charlotte A. Cavatica Gary Winick Fransuz tilidagi dublyajda ovoz bergan 2008-yil Nes en 68 Catherine Olivier DucastelJacques Martineau La jeune fille et les loups Angele Amblard Gilles Legrand 2009-yil Visage Salome Tsai Ming-Liang Fleurs dans le miroir, lune dans l’eau Salome Francois Lunel 2010-yil Gainsbourg: A Heroic Life Brigitte Bardot Joann Sfar Nominatsiya – Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun César mukofoti 2011-yil La nouvelle guerre des boutons Simone Christophe Barratier Derriere les murs Suzanne Julien LacombePascal Sid Ostrovat Sophie Kamen Kalev Rio Perla (Jewel) Carlos Saldanha 2012-yil Arbitrage Julie Cote Nicholas Jarecki Do Not Disturb Anna Yvan Attal 2013-yil Une histoire d’amour Yosh xonim Helene Fillieres 2014-yil Rio 2 Perla (Jewel) Carlos Saldanha A Woman as a Friend Claudia Giovanni Veronesi Des lendemains qui chantent Noemie Archambault Nicolas Castro Sous les jupes des filles Agathe Audrey Dana 2016-yil En Moi Laetitia Casta Qisqa metrajli filmSsenariynavis va prodyuser ham oʻzi boʻlgan2018-yil A Faithful Man Marianne Louis Garrel The Ideal Palace Philomene Nils Tavernier 2019-yilLe Milieu de l’horizon Nicole Delphine Lehericey 2021-yil The Crusade Marianne Louis Garrel 2022-yil Coma Sharon (ovoz bergan) Bertrand Bonello 2023-yil Consent Vanessaning onasi Vanessa Filho

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Fransiyalik aktrisalar Turkum:Fransuz modellari