Google Hangouts – Google tomonidan ishlab chiqarilgan tezkor xabar almashish xizmati. Ushbu xizmat dastlab Google+ funksiyasi boʻlib, 2013-yilda, Google kompaniyasi Google+ Messenger va Google Talk funksiyalarini Hangoutsga qoʻshishni boshlagan, hamda Hangoutsni mustaqil xizmatga aylantirgan. Soʻngra Google kompaniyasi oʻzining Internet-telefoniya mahsuloti Google Voice xususiyatlarini Hangoutsga integratsiyalashni boshlagan va Hangoutsdan Voicening kelajakdagi koʻrinishini yaratmoqchiligini taʼkidlab oʻtgan.
2017-yilda Google oʻzining Google Workspace ofis toʻplamining bir qismi sifatida ikkita alohida korporativ aloqa mahsulotlari Google Meet va Google Chatni ishlab chiqargan. 2020-yil iyun oyida Workspace foydalanuvchilarini Hangoutsdan Meet va Chatga oʻtkazishni boshlab yuborgan. Keyinchalik, Gmail foydalanuvchilari 2021-yilda Hangoutsdan Meet va Chatga toʻliq oʻtib boʻlgach, Hangoutsning faoliyati 2022-yil 1-noyabrda toʻxtatilgan.
Yana qarang Google Duo Google Allo Google Messages Google Talk
Manbalar
Havolalar
Turkum:Google dasturlari