Jigar transplantatsiyasi yoki gepatik transplantatsiya — bu kasallangan jigarni boshqa odamning sogʻlom jigariga (allograft) almashtirish jarayoni. Jigar koʻchirib oʻtkazish jigar yetishmovchiligining oxirgi bosqichi va o'tkir jigar yetishmovchiligi uchun davolash usuli hisoblanadi, biroq donor organning yetishmasligi asosiy toʻsiqlardan biridir. Jigar transplantatsiyasi qatʼiy nazorat qilinadi va faqat maxsus transplantatsiya tibbiy markazlarida, yuqori malakali transplantatsiya shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijobiy natijalarga erishish uchun bemorlarni sinchkovlik bilan saralash, shuningdek, tirik yoki vafot etgan donorning mosligi muhim ahamiyatga ega.

Qoʻllash uchun koʻrsatmalar Jigar transplantatsiyasi qaytarib boʻlmaydigan va jiddiy („oxirgi bosqich“) jigar yetishmovchiligini keltirib chiqaradigan oʻtkir yoki surunkali kasalliklar uchun soʻnggi davolash usuli hisoblanadi. Bu jarayon katta xavf-xatarlarni oʻz ichiga oladi, koʻp resurs talab qiladi va bemorning operatsiyadan keyingi hayotiga sezilarli oʻzgarishlar kiritishni talab qiladi. Shuning uchun bu usul faqat juda ogʻir vaziyatlarda qoʻllaniladi.

Jigar transplantatsiyasining maqsadga muvofiqligi yoki samaradorligini har bir holatga alohida yondashgan holda baholash nihoyatda muhimdir, chunki natijalar juda oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin.

Soʻnggi bosqichdagi Jigar kasalliklari uchun Model (SJKM balli) kattalar uchun, va 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Pediatrik Soʻnggi Jigar kasalliklari modeli (PSJK balli) turli klinik mezonlarni inobatga oladigan va jigar transplantatsiyasiga ehtiyojni baholashda ishlatiladigan klinik baholash vositalaridir. Har bir baholash vositasida yuqori ball jigar kasalligining yuqori darajadagi ogʻirligini, shuning uchun jigar transplantatsiyasiga katta ehtiyoj borligini koʻrsatadi. Surunkali jigar kasalligi boʻlgan bemorlarda jigar ensefalopatiyasi, varikoz qon ketishi, assit yoki spontan bakterial peritonit kabi dekompensatsiyalovchi holatlar ham yangi jigar transplantatsiyasiga ehtiyoj tugʻdirishi mumkin.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar Garchi jigar transplantatsiyasi koʻplab soʻnggi bosqichdagi jigar kasalliklarini davolashning eng samarali usuli boʻlsa-da, allograft (donor) topishning qiyinligi va jarrohlikdan keyingi natijalar oʻzgaruvchanligi sababli, bemorlarni tanlash juda muhimdir. Transplantatsiya uchun shaxsning amaliyotga yaroqliligini baholash jarrohlar, shifokorlar, psixologlar va boshqa mutaxassislardan iborat koʻp tarmoqli jamoa tomonidan amalga oshiriladi.

Baholashning birinchi bosqichi — bemorda qaytmas jigar kasalligi bor-yoʻqligini aniqlashdir, bu holat yangi jigar olish orqali davolanishi mumkin boʻladi. Shunday qilib, asosan jigar tashqarisida joylashgan yoki jigar tashqarisiga tarqalgan kasalliklarga ega bemorlar odatda transplantatsiya uchun yaroqsiz nomzodlar sifatida koʻriladi. Bunga quyidagi misollar kiradi:

Jigar saratoni rivojlangan boʻlgan shaxslar, ayniqsa saratonning jigardan tashqariga tarqalishi maʼlum yoki ehtimolli boʻlgan hollarda, transplantatsiya uchun yaroqsiz boʻlishi mumkin. Yoki saratonning boshqa turlariga chalingan bemorlar ham transplantatsiya uchun toʻgʻri kelmasligi mumkin, (teri saratonlaridan tashqari).

Giyohvand moddalar isteʼmoli Jigar transplantatsiyasini amalga oshirishni imkonsiz qiladigan anatomik anomaliyalar Ogʻir yurak yoki oʻpka kasalliklari (agar transplantatsiya jamoasi jarayonni oʻtkazish imkoniyatini koʻrsa, transplantatsiya hali ham amalga oshirilishi mumkin) OIV/OITS, (ammo virus taʼsirini juda past yoki aniqlanmaydigan darajada ushlab turgan baʼzi shaxslar hali ham transplantatsiyaga yaroqli boʻlishi mumkin) Muhim jihati shundaki, jigar koʻchirib oʻtkazishga qarshi koʻrsatmalar koʻpincha qaytariluvchi hisoblanadi; dastlab „koʻchirib oʻtkazishga yaroqsiz“ deb topilgan kishi, sharoit oʻzgargan taqdirda, keyinchalik mos nomzodga aylanishi mumkin. Baʼzi misollar quyidagilardan iborat:

Jigar saratonining qisman davolanishi natijasida saratonning jigar tashqarisiga tarqalish xavfi kamayadi (asosiy jigar saratoni yoki jigar bilan bogʻliq ikkilamchi tarqalishda, tibbiy jamoa bemorning asosiy shifokori, onkologi va radiologi fikriga katta eʼtibor qaratadi) Giyohvand moddalardan foydalanishni toʻxtatish Yurak funksiyasining yaxshilanishi, masalan, perkutan koronar intervensiya yoki aylanma operatsiya orqali OIV infeksiyasini davolash

Baʼzi boshqa holatlar esa, masalan, vazopressor qoʻllab-quvvatlashni talab qiladigan gemodinamik beqarorlik, katta oʻlchamdagi jigar oʻsmalari yoki qon tomirlariga invaziyasi, intragepatik xolangiokarsinoma, holsizlik, miya jarohati gumoni bilan oʻtkir jigar yetishmovchiligi, spirtli ichimliklarga qaramlik, sigaret chekish, yetarli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yoʻqligi va tibbiy davolashga rioya qilmaslik, jigar koʻchirib oʻtkazishdan chetlatish uchun sabab boʻlishi mumkin. Biroq, bu holatlar odatda koʻp tarmoqli transplantatsiya jamoasi tomonidan individual tarzda baholanadi.

Xavf va muammolar

Rezeksiya Jigar koʻchirib oʻtkazilgandan soʻng, transplantatsiya qilingan organning immun tizimi tomonidan rad etilishi (rezeksiyasi) istalgan vaqtda yuz berishi mumkin. Rad etilish quyidagi laborator koʻrsatkichlar bilan namoyon boʻlishi mumkin: AST, ALT, GGT koʻrsatgichlarining oshishi, protrombin vaqti, ammoniy darajasi, bilirubin darajasi, albumin konsentratsiyasi kabi jigar funksiyalarining oʻzgarishi; va qonda qand miqdorining oʻzgarishi. Fizik belgilarga ensefalopatiya (miya faoliyatining buzilishi), sariqlik, koʻkarish va qon ketishga moyillik kiradi. Shuningdek, umumiy holsizlik, ishtahaning yoʻqolishi, mushak ogʻrigʻi, yengil isitma, leykotsitlar miqdorining biroz oshishi va transplantatsiya qilingan joydagi sezgirlik kabi boshqa aniq boʻlmagan belgilar ham paydo boʻlishi mumkin.

Transplantatsiya qilingan organning uch xil rad etilishi mumkin: giperakut rad etilish, oʻtkir rad etilish va surunkali rad etilish.

Giperakut rad etilish donor antigenlariga qarshi oldindan shakllangan antitanalar tufayli sodir boʻladi. Bu antitanalarning qon tomir endoteliy hujayralaridagi antigenlarga bogʻlanishi bilan tavsiflanadi. Bu jarayon komplement tizimini faollashtiradi va taʼsiri odatda chuqur boʻladi. Giperakut rad etilish transplantatsiyadan bir necha daqiqa yoki soatlar ichida yuzaga keladi. Oʻtkir rad etilish T-hujayralar tomonidan sodir boʻladi (B-hujayralar tomonidan yuzaga keluvchi giperakut rad etilishdan farqli oʻlaroq). Bu toʻgʻridan-toʻgʻri sitotoksiklik va sitokinlar vositasida amalga oshadigan yoʻllarni oʻz ichiga oladi. Oʻtkir rad etilish eng keng tarqalgan va immunosupressiv dorilarning asosiy nishoni hisoblanadi. Oʻtkir rad etilish odatda transplantatsiyadan bir necha kun yoki hafta oʻtgach kuzatiladi. Surunkali rad etilish bir yil oʻtgach har qanday rad etilish belgilari va simptomlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Surunkali rad etilishning sababi hanuzgacha nomaʼlum, ammo oʻtkir rad etilish surunkali rad etilishning kuchli belgisi hisoblanadi.

Oʻt yoʻlidagi asoratlar Biliar asoratlar biliar stenozi (oʻt yoʻllari torayishi), biliar oqish va ishemik xolangitopatiyani oʻz ichiga oladi. Ishemik xolangitopatiya xavfi organ sovuq ishemiya vaqtining (oʻlimdan keyin/organni olib tashlashdan to transplantatsiya qilishgacha boʻlgan qon oqimi yoʻqligi vaqti) uzunligi bilan ortadi.Biliar asoratlar odatda ERXP (Endoskopik Retrograd Xolangio-Pankreatografiya), perkutan drenaj, yoki baʼzan qayta operatsiya bilan davolanadi.

Vaskulyar asoratlar Tomir asoratlari jigar arteriyasining trombozi, stenozi, soxta anevrizma va yorilishini oʻz ichiga oladi. Venoz asoratlar arterial asoratlarga qaraganda kamroq uchraydi va ular portal vena, jigar venasi yoki vena kavasi trombozi yoki stenozini oʻz ichiga oladi.

Amaliyot Transplantatsiyadan oldin, jigar qoʻllab-quvvatlash terapiyasi (transplantatsiyaga tayyorgarlik) qoʻllanilishi mumkin. Sunʼiy jigar qoʻllab-quvvatlash tizimlari, masalan, jigar dializi yoki bioartifik jigar konsepsiyalari hozirda klinik oldi va klinik tadqiqot bosqichida. Deyarli barcha jigar transplantatsiyalari ortotopik usulda amalga oshiriladi, yaʼni donor jigar bemorning tabiiy jigari olib tashlanib, oʻsha anatomik joyga qoʻyiladi. Transplantatsiya operatsiyasini uch bosqichga boʻlish mumkin: gepatektomiya (jigarni olib tashlash), angepatik (jigarsiz) bosqich va implantatsiyadan keyingi bosqich. Operatsiya qorin boʻshligʻining yuqori qismida katta kesma orqali amalga oshiriladi. Gepatektomiya jarayonida jigar bilan bogʻliq barcha ligamentlar, umumiy oʻt yoʻli, jigar arteriyasi, uchta jigar venasi va portal vena ajratiladi. Odatda, pastki vena kavaning retrogepatik qismi jigar bilan birga olib tashlanadi, ammo ushbu usulda bemorning vena kavasi saqlanadi („piggyback“ texnikasi).

Donordan olingan jigardagi qon transplantatsiya qilinadigan vaqtgacha muzdek organ saqlash eritmasi bilan, masalan, UW (Viaspan) yoki HTK almashtiriladi. Bu eritma transplantatsiya qilingan jigar joyiga qoʻyilguncha saqlanadi. Transplantatsiya qilish jarayoni pastki vena kava, portal vena va jigar arteriyasini anastomoz qilish (biriktirish) orqali amalga oshiriladi. Yangi jigarga qon oqimi tiklangach, oʻt yoʻli (biliar) anastomozi quriladi, bu oʻt yoʻlini bemorning oʻzining oʻt yoʻliga yoki ichakka biriktirish orqali amalga oshiriladi. Operatsiya odatda besh-olti soat davom etadi, lekin bu jarayonning murakkabligi va jarrohning tajribasiga qarab uzunroq yoki qisqaroq boʻlishi mumkin.

Jigar transplantatsiyasining katta qismi, ayniqsa kattalar uchun, tirik boʻlmagan donorning butun jigaridan foydalanadi. Bolalarda kichikroq jigar transplantatsiyasi rivojlangan boʻlib, unda kattalar jigarining bir qismi chaqaloq yoki kichik bola uchun ishlatiladi. Ushbu sohada qoʻshimcha boʻlinadigan jigar transplantatsiyasi, unda bitta jigar ikki qabul qiluvchi uchun transplantatsiya uchun ishlatiladi va tirik donor jigar transplantatsiyasi, unda sogʻlom shaxsning jigarining bir qismi olib tashlanadi va alograft sifatida ishlatiladi. Bolalar uchun tirik donor boʻlgan odamda jigar transplantatsiyasi jigarning taxminan 20% qismini olib tashlashni oʻz ichiga oladi (Couinaud 2 va 3 ta segmentlar).

Yana bir yutuq shundaki, faqat oʻsmalar joylashgan jigar boʻlagi rezeksiya qilinadi, va oʻsmasiz qismi bemorda qoldiriladi. Bu usul tiklanish jarayonini tezlashtiradi va bemor 5–7 kun ichida shifoxonani tark etishi mumkin.

Jigar transplantatsiyasini kutayotgan davrda, radiochastotali ablatsiya yordamida oʻsmani olib tashlash koʻprik sifatida ishlatilishi mumkin.DuBay, D. A., Sandroussi, C., Kachura, J. R., Ho, C. S., Beecroft, J. R., Vollmer, C. M., Ghanekar, A., Guba, M., Cattral, M. S., McGilvray, I. D., Grant, D. R., & Greig, P. D. (2011). Radiofrequency ablation of hepatocellular carcinoma as a bridge to liver transplantation. HPB : the official journal of the International Hepato Pancreato Biliary Association, 13(1), 24–32. https://doi.org/10.1111/j.1477-2574.2010.00228.x

Harorat Donordan olib tashlangan vaqtdan transplantatsiya qilingunga qadar jigar saqlash eritmasida sovuq sharoitda saqlanadi. Haroratning tushishi metabolik jarayonlarning buzilish tezligini sekinlashtiradi, shuningdek saqlash eritmasi sovuq ishemiya taʼsirlarini bartaraf etishga moʻljallangan. Garchi uzoq vaqtdan beri „statik“ sovuq saqlash usuli standart texnik boʻlib kelsa-da, turli dinamik saqlash usullari ham oʻrganilmoqda. Masalan, jigarni olib tashlagandan keyin transport paytida unga qonni nasos yordamida yuborib turish usullari baʼzi muvaffaqiyatlarga erishgan(see Research section for more).

Tirik donor transplantatsiyasi