Natalya Sergeyevna Bardo (Krivozub; 1988-yil 5-aprel, Moskva) – rus teatr va kino aktrisasi, model, qoʻshiqchi va teleboshlovchi.
Tarjimai hol Natalya Krivozub (2010-yildan – Bardo) 1988-yil 5-aprelda Moskvada tugʻilgan. Otasi Sergey Ivanovich Krivozub – sovet yengil atletikachisi, 1973-yilda Duysburgda (GFR) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida langar bilan sakrash boʻyicha gʻolib boʻlgan. Onasi xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullangan. Ota-onasi Natalya hali kichkina paytida ajrashishgan. U onasi tarbiyasida oʻsgan. 2010-yilda Natalya Krivozub familiyasini onasining familiyasi – Bardoga oʻzgartirgan. Aktrisaning aytishicha, uning ona tomonidan buvisining buvisi Fransiyada yashagan va parfyumer Fransisko Bardoga turmushga chiqqan.
Maktab davrida u sanʼat maktabiga qatnagan, basketbol, balet va badiiy gimnastika bilan shugʻullangan. Bolalar musiqa maktabida fortepiano sinfida tahsil olgan. U vokal bilan ham shugʻullanadi.
„Moskva bank instituti“ xususiy oliy oʻquv yurti qoshidagi Moskva bank iqtisodiyot kollejini (MBEK) „Bank ishi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Bundan tashqari, u modellik biznesi va aktyorlik maktabini ham bitirgan. 2012-yilda Boris Shukin nomidagi Teatr institutining qoʻshimcha taʼlim boʻlimini „Aktyorlik mahorati“ yoʻnalishi boʻyicha tugatgan (badiiy rahbari – dotsent Mixail Malinovskiy).
Oʻn sakkiz yoshida birinchi marta kinoda suratga tushdi. U rejissyor Natalya Bondarchukning „Pushkin. Oxirgi duel“ (2006) nomli dramatik badiiy filmida Liza rolini ijro etdi.
2015-yilning yozida Marat Basharov bilan hamkorlikda „Birinchi kanal“da „Janob va Xonim OAV“ nomli koʻngilochar telekoʻrsatuvni olib borgan.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik aktrisalar Turkum:Rossiyalik modellar Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Rossiyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Rossiyalik teleboshlovchilar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar