Oʻzbekistonda ayollar futboli ayollar oʻrtasida rivojlanib borayotgan sport turi hisoblanadi. Ayollar futboli faoliyati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi tomonidan olib boriladi. Ayollar futboliga oid qoidalar va chempionatlar nizomlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Ayollar futboli qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hozirda Oʻzbekistonda 18 ta professional va bir qancha havaskor ayollar futbol klublari mavjud boʻlib, ular oʻrtasida Oliy Liga, Birinchi Liga, Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Superkubogi musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.

Tarixi Oʻzbekistonda ayollar futboliga 90-yillarning boshlarida asos solingan boʻlib, birinchi havaskor klub Toshkentda „Spartak“ nomi ostida tashkil qilingan. 1994-yilda futbol boʻyicha ayollar terma jamoasi tashkil etilgan. 1995-yilda Oʻzbekiston birinchi marta Malayziyada oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, 6-oʻrinni egallagan. 1995-yildan Oʻzbekistonning milliy futbol klublari oʻrtasida ham musobaqalar oʻtkazila boshlangan. Oʻtkazilgan birinchi milliy chempionatda Ravshan Usmonxoʻjayev murabbiyligidagi „Chehra“ klubi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shu yilning sentyabr oyida Ravshan Usmonxoʻjayev murabbiylik qilgan „Chehra“ klubi aʼzolaridan tashkil topgan Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2-marta Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib 3-oʻrinni egallashgan.

2003-yilgacha oʻtkazilgan milliy chempionatlarda Andijonning „Andijanka“ klubi birinchilikni bermay kelgan boʻlsa, 2003-yilda Qashqadaryo viloyati hokimi Nuriddin Zayniyev tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilgan Vladislav Xan murabbiyligidagi „Talaba“ (hozirgi „Sevinch“) futbol klubi oʻzining birinchi chempionatidayoq 3-oʻrinni egallab, keyingi yilda esa chempionlikni nishonlagan. „Sevinch“ Oʻzbekistonda ilk rasmiy ayollar futbol klubi sifatida tashkil etilgan boʻlsa, boshqa viloyatlardagi ayollar futbol klublari erkaklar futbol klublari qoshida boʻlib, 2018-yilda rasman ajralib chiqqan.

2005-yili Tailandda oʻtkazilgan yopiq sport inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Vladislav Xan murabbiyligidagi Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta qitʼa chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2007-yilda Makaoda oʻtkazilgan ushbu turnirda jamoa uchinchi oʻrinni egallagan.

2015-yilda Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlari talaba qizlari oʻrtasida ilk bor ayollar futboli boʻyicha birinchi turnir boʻlib oʻtgan.

2021-yildan boshlab Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida ham 14 yoshgacha (U-14) va 16 yoshgacha (U-16) toifalarida chempionatlar oʻtkazila boshlangan.

2023-yilda Oʻzbekistonda ilk ayollar futboli maktabi ochilgan. 2023-yil 22-iyunda boʻlib oʻtgan futbol maktabi ochilish marosimida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Sayfitdinovich Ermatov, Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishgan. „Sevinch“ ayollar futbol maktabi 50 oʻringa moʻljallangan. Mahalliy futbolchilar esa mashgʻulotlarga uylaridan qatnashlari koʻzda tutilgan edi.

2023-yil 7-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan. Qarorda ayollar oʻrtasida futbolni rivojlantirish, reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilab qoʻyilgan.

Ayollar futboli COVID-19 pandemiyasi davrida 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi davrida ayollar futboli jamoalari futbolchilari murabbiylar bilan onlayn mashgʻulotlar oʻtkazishgan. Pandemiya tufayli 2020-yil 15-martdan toʻxtatilgan Oliy liga oʻyinlarining 3-turi 13-iyundan boshlab davom ettirilgan. Shuningdek, oliy va birinchi liga jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi oʻyinlari ham boʻlib oʻtgan.

COVID-19 pandemiyasi tufayli nafaqat milliy chempionatlar, balki 2022-yilda Oʻzbekiston mezbonlik qilishi lozim boʻlgan ayollar oʻrtasidagi OFK U-20 Osiyo kubogi bellashuvlari ham bekor qilingan. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijro qoʻmitasining qaroriga koʻra, ushbu musobaqa mezbon davlat oʻzgarmagan holda 2024-yilda oʻtkazilishi belgilangan.

Ichki chempionatlar DarajaLiga/Chempionatlar1Oʻzbekiston Superkubogi(Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Ayollar Oliy Ligasi Chempioni oʻrtasida)2Oliy Liga(Birinchi Liganing yuqorigi 10 ta oʻrnidagi klublari oʻrtasida)Oʻzbekiston Kubogi3Birinchi Liga Oʻzbekiston Oliy ligasi

Oʻzbekiston Oliy ligasi – 1995-yildan beri oʻtkazib kelinadigan Oʻzbekistonda ayollar futboli musobaqalarining oliy divizion musobaqasi hisoblanadi. 2013-yilgi mavsumdan boshlab Oliy ligada faqat professional klublar ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan. Ligalar oʻrtasidagi almashinuv nizom bilan belgilanadi va sport tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ligada 10-oʻrinni egallagan jamoa Birinchi ligaga yoʻl oladi. Birinchi liga gʻolibi va ikkinchi oʻrin sohibi Oliy ligaga chiqadi. Oʻzbekiston Oliy ligasining eng muvaffaqiyatli klubi „Sevinch“ futbol klubi boʻlib, 15 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari maʼlum yillarda chempionatda Andijanka (6), Bunyodkor-W (2), Chexra (2), Soʻgʻdiyona-W (1), Metallurg-W (1), Navbahor-W (1), Baho (1) klublari ham gʻolib boʻlgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasi

Birinchi liga Oʻzbekiston ayollar futbolining ikkinchi darajali musobaqasi hisoblanib 2011-yilda tashkil topgan. Oʻzbekiston ayollar oʻrtasidagi futbol birinchi ligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston ayollar Birinchi ligasi gʻolibi va 2-oʻrin sohibi Oʻzbekiston ayollar Oliy ligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi.

Birinchi liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston kubogida ishtirok etishadi.

Oʻzbekiston kubogi thumb |"Sevinch" – 13 karra Oʻzbekiston kubogi gʻolibi |300px |left

Oʻzbekiston kubogi – 2002-yildan boshlab ayollar oʻrtasida har yili oʻtkazib kelinayotgan milliy kubok musobaqasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 2002-yildan beri tashkil etilgan. Birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Andijonning „Andijanka“ klubi hisoblanadi.

Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Superkubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. „Sevinch“ 10 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Andijanka“ 4 ta, „Metallurg-W“ 3 ta „Bunyodkor-W“ esa 2 ta bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Oʻzbekiston Superkubogi

Oʻzbekiston Superkubogi – Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida 2015-yildan beri oʻtkazilib kelinadigan futbol turniri boʻlib, unda oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Ayollar Oliy Ligasi Chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi.

Talaba-qizlar musobaqasi 2015-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim va Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqa tashkil etilgan. Musobaqada sakkiz jamoa gʻoliblik uchun bahslashgan. "Bunyodkor" stadionida oʻtkazilgan final bahsida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetia jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Xalqaro chempionatlar

Parij-2024 Yozgi Olimpiadasi saralash bahslari Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining ayollar futboli boʻyicha Osiyo mintaqasi 1-bosqich saralash oʻyinlariga 2023-yil 12-yanvarda qur’a tashlangan. Oʻzbekiston saralashning 1-chi bosqichida „A“ guruhidan oʻrin olgan. 1-bosqichda Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan (9:0), Sharqiy Timor (0:3) va Iordaniya (7:0) jamoalari ustidan ishonchli gʻalabalarga erishib saralashning ikkinchi bosqichiga yoʻl olgan.

Parij–2024 ayollar Olimpiya futbol turniri – Osiyo saralashining 2-bosqich oʻyinlari qur’a tashlashida Oʻzbekiston terma jamoasi „C“ guruhidan joy egallagan. 2023-yil 23-oktabrdan 1-noyabrgacha Oʻzbekiston mezbonlik qilgan „C“ guruh bahslarining dastlabki turida Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi Vyetnam ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozongan, ammo Yaponiyaga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchrashgan. 2023-yil 1-noyabr kuni „Bunyodkor“ stadionida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib borib 3:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Ushbu gʻalaba orqali terma jamoa tarixda ilk marotaba Olimpiada oʻyinlari sarlashining yakuniy bosqichiga yoʻl olishgan.

3-saralash bosqichi oʻyinlari 2024-yilning 24—28-fevral kunlari oʻtkazilgan. 2024-yil 24-fevralda Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Osiyo mintaqasi yakuniy saralash bosqichida Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahsda 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchrashgan. 28-fevral kuni Avstraliyaga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi bahsda ham terma jamoa 0:10 hisobida magʻlub boʻlgan. Shu bilan, Midori Honda murabbiyligidagi jamoa Parij Olimpiadasi yoʻllanmasiga ega chiqa olmagan va saralash bahslaridagi ishtirokini yakunlashgan.

OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasida Oʻzbekiston birinchi marta 1995-yilda ishtirok etgan, lekin hozirgacha shohsupaga koʻtarilmagan. OFK Osiyo kubogining 22-mavsumi 2029-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqida OFKning 2024-yil 15-mayda Tailand poytaxti Bangkok shahrida oʻtkazilgan OFK 4-ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida, OFK prezidenti Shayx Salmon tomonidan eʼlon qilingan.

OFK ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati

Ayollar futbol klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati – Osiyodagi ayollar futbol klublari musobaqasi boʻlib, 2019-yilda asos solingan va 2024-yilda OFK ayollar chempionlar ligasi tashkil etilishi bilan tugatilgan. 2022-yilda Oʻzbekistonning Qarshi shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Jizzax viloyatining „Soʻgʻdiyona-W“ klubi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Osiyo oʻyinlarida ayollar futboli 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarining ayollar futboli bahslarida Oʻzbekiston yarim finalgacha yetib borgan, lekin yarim final bahslarida magʻlubiyatga uchrab musobaqani 4-oʻrin bilan yakunlagan.

Ayollar oʻrtasidagi Turkiya kubogi

Oʻzbekiston ushbu turnirda 4 marta (2019, 2021, 2022, 2023) ishtirok etgan va 2021-yilda 2-oʻrinni, 2022-yilda esa 3-oʻrinni egallagan.

Umid kubogi-2019 2019-yilning sentabr oyida Qirgʻizistonning Qorakoʻl shahrida oʻtkazilgan „Umid kubogi-2019“ xalqaro futbol musobaqasida Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi Tojikiston terma jamoasini 12:0 hisobida, Qirgʻiziston terma jamoasini 0:9 hisobida magʻlub etib, finalga yoʻllanma olgan. Final bahsida Bahrom Norsafarov murabbiyligidagi terma jamoa Nepal terma jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan, biroq toʻplar nisbatiga koʻra turnirda 2-oʻrinni egallashgan.

CAFA Ayollar futbol chempionatlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan unga aʼzo davlatlar uchun har yil ayollar orsaida oʻsmirlar va kattalar yosh toifasida tashkil etiladigan futbol musobaqalarida Oʻzbekistonning kattalar, yoshlar va oʻsmirlar jamoalari yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqdahttp://the-cafa.com/competitions/.

CAFA-2016 – 2016-yil 17-oktyabr kuni 19-yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi kubogi – „CAFA CUP–2016“ning final oʻyinida terma jamoa qizlari Eron jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni nishonlashgan. CAFA-2018 – 2018-yilning 23-noyabridan 1-dekabrigacha Toshkentda oʻtkazilgan CAFA-2018 bahslarida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgan. CAFA-2019 – 2019-yil oxirida Tojikistonda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining „CAFA U-23 Womenʼs Championship-2019“ musobaqasida qizlar muddatidan oldin chempionlikni hal qilishgan.