Abu al-Mahosin Yusuf al-Mustanjid billoh () (1479-yil 7-aprelda vafot etgan) – 1455–1479-yillarda Mamluklar davlatining Qohiradagi oʻn toʻrtinchi Abbosiy xalifasi.

Hayoti Al-Mustanjid al-Mutavakkil I ning oʻgʻli boʻlgan. Asl ismi Yusuf, kunyasi Abu al-Mahosin edi.

1455-yilda xalifa al-Qoim Sayf ad-Din Inalni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortib, qoʻzgʻolonga qoʻshildi. Xalifaning qoʻllab-quvvatlashi ostida mamluklar qurol olib, qal’aga hujum qilishdi. Boshqa yoʻli qolmagan Inal ham qoʻzgʻolonchilarga qarshi hujumga kirishdiLevanoni, 1995, p. 129. Ular qoʻzgʻolonchilariga qarshilik koʻrsatdi va oxir-oqibat, zohiriylarni tarqatib yubordi. Inal al-Qoimni hibsga olib, Iskandariyada qamoqqa tashladi va uning oʻrniga al-Mustanjid xalifa etib tayinlandi. Hukmdor qoʻriqchilaridan tashqari barcha mamluklar hokimiyat lavozimlaridan chetlashtirildi, qoʻzgʻolonchilarning bir qismi qamoqqa tashlandi yoki surgun qilindiMuir, 1896, p. 157.

Al-Mustanjid 1479-yil Muharram oyining 14-kunida yaralanib, ikki oy betob boʻlib yotdi va vafot etdi. Oʻlimidan keyin uning oʻrniga jiyani al-Mutavakkil II (Abdulaziz bin Yaqub) xalifa etib tayinlandi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:XV asr Abbosiy xalifalari Turkum:1479-yilda vafot etganlar Turkum:Qohiradagi Abbosiy xalifalar