Kolumb kuni – Amerika qit'asida milliy bayram hisoblaniladi, shu bilan birga boshqa mintaqadagi bir nechta davlatlarda ham nishonlanadi. Kolumb 1492-yil 12-oktabr kuni Bahama orollari bo'ylab joylashgan Guanahani qirg'oqlariga kelgan. 1493-yil qaytib kelganida, o'zining qirg'oqdagi joylashuv punktini 70 mil sharqqa Hispaniola oroliga ko'chirgan va Dominikan Respublikasi va Amerika qit'alarida birinchi doimiy ispanlar yashovchi La Isabela aholi punktiga asos solgan.

Kolumb Italiyalik tadqiqotchi bo'lgan va Ispan dengiz ekspeditsiyasini boshqargan. U g'arbda yangi yo'nalish topish uchun Atlantika okeani bo'ylab yo'lga chiqqan va natijada yangi qit'ani kashf qilgan. Yangi yerlarni kashf qilganida Kolumb ipan kemalar 'Niña', Pinta,Santa Maríalardan foydalangan. Kolumbning yangi yerlarni kashf qilishi Ispanlarning Amerikaga kelishini va natijada ko'plab texnologiyalar, o'simliklar va insonlar o'zaro yevropa bilan almashilgan. Bu jarayon 20-asrga qadar 'Kolumb almashinuvi" deb atalgan.

Amerika Qo'shma Shtatlarida Kolumb yangi yerni zabt etish kuni nishonlanadi, ammo bayram boshqa mamlakatlarda o'zgacha nomlar bilan atalgan. Ba'zi davlatlarda 12-oktyabr La Raza kuni deb nomlangan. Mexikada bayram "Pluri madaniyati kuni" deb nomlangan va hozirgi kunga kelib "Dia de la Raza" deb nomlangan. Ispaniyada bayramni "Hispanlik kuni" yoki "Día de la Hispanidad" deb atashgan. 2009-yildan beri Peruda bayram "Xalqlar davlati va madaniyatlararo muloqot kuni" nomi bilan nishonlanadi. Belize va Urugvay bayramni "Pan-Amerika kuni va Día de las Américas "nomi bilan nishonlaydi.

Amerikaning kuzatilishi

Tarix left|thumb|Kristofor Kolumb Ridolfo Ghirlandaio tomonidan 1520-yil chizilgan surat. 1792-yil 12-oktabr kuni Amerika qo'shma shtatlarida birinchi bor Kolumb kuni bayrami nishonlangan. Baltimordagi Kolumbus yodgorligi 1792-yili qurilgan.

Ko'pgina Italiyadagi Amerikaliklar Kolumb kunini keng miqiyosda nishonlashadi.1905-yilda Kolorado gubernatori Jese F. Makdonald tomonidan Kolumb kunini butun shtat bo'ylab nishonlash e'lon qilingan va 1907-yilda qonuniy bayramga aylanganSale, Kirkpatrick, "The Conquest of Paradise", p. 359, . Angelo Noce Kolumb kunini ommaviy dam olish kuni deb e'lon qilgan.

1892-yili Xristofor Kolumb sayohatining 400 yilligi uchun, yangi Orleandagi tadbir payti 11 ta italyan muhojir o'ldirilgan, prezident Benjamin Harrison shundan keyin Kolumb kunini milliy bayram deb e'lon qilgan. Tadbir chog'i sodir bo'lgan qotillikdan so'ng italiya bilan bo'lgan munosabatlarni yaxshilash uchun ham Kolumb kunini mulliy bayram sifatida e'lon qilingan degan farazlar ham bor. thumb|Qoʻshma Shtatlar mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan poster 1934 yilda, Knights of Columbus tashkiloti va Nyu-Yorkdagi italiyalik lider Generoso Popening aralashuvi natijasida Kongress bayramga doir bir nechta qonun qabul qilgan. Bayonotga ko'ra : "Prezidentdan 12-oktyabr Kolumb kuni deb e'lon qilish; AQSH hukumati shu kuni barcha rasmiy binolarda davlat bayrog'i osib qo'yilishi; AQSHdagi cherkovlar, ta'lim muassasalarida Kolumb kunida insonning millatga nisbatan faxr va iftihor tuyg'usini targ'ib qiluvchi tadbirlar amalga oshirilishi talab qilinganSale, Kirkpatrick, "The Conquest of Paradise", p. 359, Talablar keyinchalik federal bayram shakillanishi uchun yetarli bo'lmagan. 1941-yilda millati Italiyan bo'lgan Amerika fuqarolari chet ellik dushmanlar sifatida ko'rilgan, chunki ular Amerikandan ko'ra Italiyani qo'llab quvatlaydi deb ishonilgan.1942-yili Franklin Ruzvelt Italiyalik muhojirlarni dushman deb atashlariga qarshi qiqan va mamlakatdagi 200.000 dan ortiq italiyanga fuqarolik berilishini ta'minlamoqchi bo'lgan, ammo rejalar amalga oshishi uchun Italiyadagi mahbuslar ozod qilinishi va Italiyaning 1943-yil 8-sentyabr sanasida tinchlik bitimini imzolagunicha kutilgan.

1966-yilda Nyu-Yorkning Buffalo shahridan kelgan Mariano A. Lucca, Kolumb kunini federal bayram qilinishini so'rab chiqqan. Harakatlari muvaffaqiyatli bo'lganidan so'ng, Prezident Lyndon Johnson tomonidan Kolumb kuni federal bayram sifatida qabul qilingan va tasdiqlangan.

Kolumb kunini AQShda rasmiy ravishda e'tirof etilgan federal bayram sifatida 1971 yildan buyon oktyabr oyidagi ikkinchi dushanba kuni nishonlashmoqda. Bu odatda banklar, obligatsiyalar bozori, AQSh pochta xizmati, boshqa federal agentliklar, davlat hukumatining ko'pgina idoralari, ko'plab korxonalar va ko'p maktab tumanlari tomonidan kuzatilmoqda. Ba'zi korxonalar va bir qator birjalar ochiq qolmoqda, ba'zi davlatlar va kommunallar bayramni nishonlashdan voz kechadilar. Bayramning an'anaviy sanasi AQSh dengiz armoni (unitar qurilgan 13 oktabr 1775 yil) yilligi bilan ham bog'liq va shuning uchun har ikki marosimni ham dengiz armonlari va dengiz askarlari tomonidan 72 yoki 96 soatlik ozodlik davri bilan o'tkazilishi odatiy hol.

Mahalliylashtirilishi thumb|1892-yil, Massachusets shtatining Salem shahrida Kolumb kuni thumb|Nyu-Yorkda Kolumb kunidagi parad 2009-yil Kolum kuni AQSHning turli shtatlarida turlicha ko'rinishda nishonlanadi. Ba'zi shtatlarda ushbu kun katta paradlar o'tkaziladi, boshqalarida bo'lsa oddiyroq ruhda o'tadi. AQSH shtatlarining ko'p qismi Kolumb kunini bayram deb qabul qilmagan. Ba'zi shtatlarda bo'lsa Kolum kuniga "qutqarilish kuni" yoki "kashf etilish kuni" deb nom berilgan. Kolum kunini nishonlaydigan shtatlarda ish to'liq to'xtatiladi qolganlarida bo'lsa odatdagidek ish kunlari davom ettiriladi.

San-Fransiisko 1868-yildan beri ilk bor Nikola Larko tomonidan tashkil etilgan Italiya-Amerika jamoalarining Kolumb kuniga bag'ishlangan parad o'tkazish an'anasi bor. Nyu-York shahrida bo'lsa har yili shahar ko'chalari bo'ylab marshlar o'tkaziladi va 2010-yil marsh tomoshabinlari soni 1 milliondan oshgan .

AQShning Puerto-Riko hududida ham Kolumb kuni qonuniy bayram hisoblanadi.

Virjiniya shtatida Kolumb kuni va Yorktaun g'alabasi kunini birgalikda nishonlashadi.

Nomutanosiblik Kolumb kuni Italiya va Amerikaning milliy bayrami hisoblanishiga va ko'p joylarda ushbu kunni keng qamrovda nishonlanishiga qaramay, 20-asrga kelib bayram nishonlanishi qamrovi kamaygan. Kolumbiya tumani,Kolorado, Havay, Alaska,, Vermont, Janubiy Dakotada, Yangi Meksika, Maine, Minnesota, va Kaliforniya shaharlarida Kolumb kuni nishonlanmaydi va ba'zi shaharlarda (Hawayda "Qidiruvchilar kuni", Janubiy Dakotan "Amerika tashkil etilgan kun") kebi bayramlar bilan almashtirilgan. Delaver, Oregon va Vashington shtatlarida Kolumb kun rasmiy bayram emas.

Iowa shahri va Nevada shtatida Kolumb kuni rasmiy bayram sifatida nishonlanmaydi. Bir nechta shtatlarda bayram kunini haq to'lanadigan dam olish kuni sifatida belgilangan.

AQSh shaharlari Kolumb kunini nishonlamaslik uchun namoyishlar 1992-yili Kaliforniya shtatining Berkli shahrida mahalliy aholi tomonidan amalga oshirilgan. 2018-yilga kelib namoyishlar o'tkazilgan shaharlar qatoriga Ostin, Boise, Cincinnati, Denver, Los-Anjeles, Mankato, Filadelfiya, Portland, San-Fransiisko, Santa-Fe, Seattle, Sent-Paul, Phoenix, Tokom va "o'nlab boshqa" shaharlar qo'shilgan .

2018-yili Ogayo shtatida Kolumb kuni olib tashlangan va o'rniga shu kunni keklasarni ezozlash kuni deb belgilangan. Oklahomada Kolumb kuni Amerika kuni deb nomlangan.

Manbalar