"São Paulo" – kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd va braziliyalik qoʻshiqchi Anittaning qoʻshigʻi. U 2024-yil 30-oktabr kuni XO va Republic Records orqali The Weekndning oltinchi Hurry Up Tomorrow nomli studiyaviy albomining uchinchi singli sifatida chiqarilgan.

Tarixi Abel Tesfaye oʻzining yangi chiqarilayotgan (The Weeknd taxallusi ostidagi soʻnggi) albomini targʻib qilish uchun 2024-yil 7-sentabrda San-Pauluda „bir kechalik“ konsertini oʻtkazdi. Ushbu kechada The Weeknd va Anitta oʻzlarining „São Paulo“ nomli duetlarini birinchi marta ijro etishdi. Anitta sahnada kutilmaganda paydo boʻlib qoʻshiq kuylay boshlaydi, lekin u avvalroq The Weeknd raqqosalarining biri sifatida, niqob taqqan holda sahnaga chiqqan edi.

27-oktabr kuni Anitta oʻtkir tishli va dumi qirrali chaqaloqning ultratovush tekshiruvida aks etgan surati bilan oʻrtoqlashdi va ostiga „U chiroyli emasmi?“ degan savolni yozib qoldirdi, The Weeknd esa postga „Vau! U juda chiroyli“ deb izoh yozdi. Rasmda 2024-yil 30-oktabr sanasi muhrlangan edi, bu esa singlning chiqish sanasi boʻlib chiqdi. Ikki kun oldin Anitta homilali qorni va yuzida oq niqob bilan tasvirlangan fotosuratini joylagan edi.

Manbalar

Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Anitta qoʻshiqlari Turkum:Republic Records singllari