M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti Chirchiq filiali () – Oʻzbekistonning Oliy oʻquv yurtlaridan biri. 2024-yil 10-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 406-son qarori asosida tashkil etilgan Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universitetining filiali.

Tarixi Qozog‘iston prezidentlari Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning dekabr oyida har ikki mamlakatda paritet asosda universitetlar filiallarini ochishga kelishib olgan edi. 2023-yil may oyida “M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti” Chirchiq shahrida filialini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo komissiya qarori to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. 2023-yil iyul oyida esa ikki davlat taʼlim vazirlari oʻrinbosarlari M. Auezov filialini ochish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladilar. 2024-yilning 8-avgust kuni Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokara yakunlari bo‘yicha hamda Auezov universitetining 80 yilligi munosabati bilan imzolangan kelishuv asosida amalga oshirildi. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqod universiteti bilan hamkorligida tashkil etilgan bu universitet Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan.

Yoʻnalishlari

6B04110 — Iqtisod 6B04210 — Huquqshunos 6B04220 — Xalqaro huquq 6B05120 — Biotexnologiya 6B05210 — Ekologiya 6B06120 — Axborot tizimi 6B07110 — Avtomatlashtirish va boshqarish 6B07120 — Mashinasozlik 6B07130 — Transport, transport texnikasi va texnologiyasi 6B07150 — Elektroenergetika 6B07160 — Neorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi 6B07170 — Organik moddalarning kimyoviy texnologiyasi 6B07210 — Neft va gaz ishi 6B07220 — Metallurgiya 6B07253 — Oziq-ovqat havsizligi va muhandislik 6B07260 — To’qima materiyallarning loyihasi va texnologiyasi 6B07340 — Qurilish materiallari, buyumlari va loyihalarini ishlab chiqish 6B11210 — Hayot xavfsizligi va atrof muhit muxofazasi

Manbalar

Turkum:Toshkent viloyatidagi universitetlar Turkum:Muxtor Avezov nomidagi obʼektlar Turkum:Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari