Samarqand – oʻzbek astronom-olimlari tomonidan kashf etilgan kichik sayyora. 2007-yil oktyabr oyida Maydanak balandtogʻ rasadxonasida kashf qilingan. Kichik planetalar xalqaro katalogiga „210271 Samarkand“ nomi bilan kiritilgan. Joylashuv oʻrniga koʻra, Mars va Yupiter sayyoralari oraligʻida joylashgan. Tadqiqot guruhi rahbarlari Aleksey Sergeyev hamda Bahodir Hafizov sayyorani AQShda ishlab chiqarilgan kamera yordamida aniqlagan. Quyoshdan 455 million km uzoqlikda. Yerdan esa 306 million km uzoqlikda joylashgan. Sayyoraga Oʻzbekistonning qadimiy shahri – Samarqand nomi berilgan.

Manbalar

Turkum:Sayyoralar