Diyo ul-Mulk Ahmad ibn Nizomulmulk () Saljuqiylar davlati va Abbosiylar xalifaligining fors vaziri. Saljuqiylar davlatining eng mashhur vazirlaridan biri Nizomulmulkning oʻgʻli.

Biografiyasi Ahmad Balxda tugʻilgan. Otasi Nizomulmulk, onasi esa Gruziya malikasi, Bagrat IIIning jiyani yoki qizi boʻlgan. Ahmad otasi tirikligida va vafotidan keyingi bir necha yil davomida Hamadon va Isfahonda yashagan.

1106/1107-yilda Hamadon raisi (rahbari) ustidan shikoyat qilish maqsadida Sulton Muhammad I saroyiga borgan. Ahmad hukumat idorasiga kelgach, Muhammad I uni yaqinda bidʼatda gumonlanib, qatl qilingan Saʼd ul-Mulk Abulmahisin Abi oʻrniga vazir etib tayinlagan. Ushbu tayinlov koʻproq Ahmadning otasining obroʻsii bilan bogʻliq boʻlgan. Shundan soʻng unga otasi ega boʻlgan bir qancha unvonlar (Qevam ad-Din, Sadr ul-Islom, Nizom ul-Mulk kabi) ham berilgan.

Ahmad to‘rt yil davomida vazirlik lavozimida boʻldi. Bu davr mobaynida 1107/1108-yilda Sulton Muhammad I bilan birga Iroqqa yurishda qatnashdi. Iroqda sultonning qo‘shini Mazyadiylar hukmdori Sayf ud-davla Sadaqa ibn Mansurni mag‘lub etib, o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Sayf ud-davla „arablar qiroli“ unvoniga ega edi. 1109-yilda Muhammad I Ahmad va Chavli Saqavuni Alamut va Ostavand qal’alaridagi ismoiliylarni magʻlub etish uchun yubordi. Biroq ular aniq hal qiluvchi natijaga erisholmay, orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar. 1110-yilda bir ismoiliy Bagʻdoddagi masjidda Ahmadni oʻldirishga uringan, ammo bu muvafaqqiyatsiz boʻlgan. Koʻp oʻtmay Ahmadning oʻrniga Xatir ul-Mulk Abu Mansur Maybudiy Saljuqiylar davlati vaziri etib tayinlangan. Ali ibn al-Asirning aytishicha, Ahmad keyinchalik Bag‘dodda hayot kechirgan. Anushirvon ibn Xolidning ma’lumotiga ko‘ra esa, Muhammad I Ahmadni o‘n yil davomida qamoqda saqlagan.

1122-yilda Muhammad Ining oʻgʻli Mahmud II Saljuqiylar imperiyasi sultoni boʻlgach, Nizomulmulkning yana bir oʻgʻli Shamsulmulkni oʻziga vazir etib tayinlagan. Oʻsha yili Abbosiy xalifa al-Mustarshid oʻz vaziri Amid ud-Davla Jaloliddin Hasan ibn Alini lavozimidan chetlatib, qamoqqa tashlagan. Shundan soʻng Mahmud II Ahmadni al-Mustarshiga vazir etib tayinlagan. Ahmad keyinchalik mazyadiy Dubays ibn Sadaqaga qarshi kurash olib borgan. Ahmad Bagʻdod mudofaa devorlarini ham mustahkamlagan.

Bir yil oʻtgach, Mahmud II Shams ul-Mulk Usmonni vazirlikdan boʻshatib, qatl ettirgan. Imkoniyatdan foydalangan Abbosiy xalifa Ahmadni ham lavozimidan boʻshatgan. Ahmad Bagʻdodda otasi asos solgan Nizomiya maktabida faoliyat boshlagan. Ushbu madrasada 25 yil ishlab, 1149/1150-yilda vafot etgan.

Yana qarang Malikshoh Umar Xayyom

Manbalar

Adabiyotlar

C. L. Klausner, The Seljuk Vizierate, a Study of Civil Administration 1055-1194, Cambridge, Massachusetts, 1973

Turkum:Balxlik kishilar Turkum:Abbosiylar xalifaligi vazirlari Turkum:12-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:Saljuqiylar davlati vazirlari Turkum:11-asr eronlik kishilar Turkum:12-asr eronlik kishilar Turkum:Kelib chiqishi gruzin boʻlgan eronliklar Turkum:Nizoriy — Saljuqiy urushlari kishilari