João Diogo Gomes de Freitas (1988-yil 28-fevral,Funshal, Portugaliya) – João Diogo nomi bilan tanilgan portugaliyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Marítimo João Diogo Funshal shahrida tugʻilgan, 1996-yil 8 yoshida mahalliy „Marítimo“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Diogo birinchi toʻrt mavsumining katta qismini zaxirada, uchinchi divizionda oʻtkazgan.
João Diogo Primeira ligasidagi debyutini 2012-yil 13-yanvarda madeyraliklar safida oʻtkazgan. Diogo „Paços de Ferreira“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonida toʻp surgan va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. Bu mavsumda Diogo ligada atigi ikki marta maydonga tushgan va bunda ikkinchi oʻyin ham „Paços de Ferreira“ klubiga qarshi boʻlgan.
2013—2014-yilgi mavsumdan boshlab João Diogo oʻz pozitsiyasida Maritimoning asosiy tanloviga aylangan. 2015 va 2016-yillarda Coimbra shahrida oʻtkazilgan Taça da Liga finallarida Benfika klubiga qarshi oʻynagan va gol urgan. Biroq, ikkala oʻyinda ham magʻlubiyatga uchragan (birinchisida 2:1, ikkinchisida esa 6:2 hisobida).
Belenenses 2016-yil 25-may kuni João Diogo „Belenenses“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Diogo oʻzining birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda maydonga tushgan, ikki marta gol urgan va klubiga 14-oʻrinni egallashga yordam bergan.
João Diogo keyingi mavsum boshida jarohat tufayli maydonga tusha olmagan. Diogo 2017-yil dekabr oyi oxirida „Belenenses“ klubi bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgan.
Ruminiya 2018-yil yanvar oyida João Diogo Ruminiya birinchi ligasida ishtirok etuvchi „CS Gaz Metan Mediaș“ klub safiga qoʻshilgan. Keyingi yilning 7-fevralida Diogo xuddi shu mamlakatning Liga II turnirida ishtirok etuvchi sobiq Ruminiya terma jamoasi futbolchisi Ciprian Maricaga tegishli boʻlgan „FCV Farul Constanța“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati João Diogo Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan va 2009-yilgi Lusofoniya oʻyinlarida milliy terma jamoa safida oʻynagan.
Manbalar
Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:G.D. Estoril Praia futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar