Dovud Majid oʻgʻli Nasibov (; 1942-yil 25-avgust, Novaya Akstafa – 2003-yil 26-mart, Boku) – sovet ozarbayjon shoiri, tarjimon, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Ozarbayjon SSR Lenin komsomoli mukofoti (1984), Lenin komsomoli mukofoti (1986) laureati.

Biografiyasi Dovud Nasibov 1942-yil 25-avgustda G‘azo shahrida tugʻilgan. 1959-yilda Boku davlat universitetining kutubxona va axborot fakultetiga oʻqishga kirdi. Birinchi she’ri „Mening ona daryoyim – mening Kuram“ 1956-yilda tuman „Gʻalaba bayrogʻi“ gazetasida chop etilganRamiz Göyüşov, „Davud Nəsibin Özünü və Sözünü xatırlayanda…“ // 525-ci qəzet. – 2014.- 21 fevral.- S.8.. Shoir oʻsha paytdan beri faol she’rlar yozishni boshladi.

Dovud Sovet Ittifoqi xalqlari she’riyatining badiiy tarjimalarini amalga oshirgan. Bundan tashqari Vengriya shoiri Miklosh Radnoti she’rlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Dovud Majid oʻgʻlining „Onaga maktub“ va „Toshlarga pechlar“ kitoblari 1974 va 1981-yillarda Moskva nashriyoti tomonidan nashr etilgan.

Tarjimon 1966-1969-yillarda Ozarbayjon SSR Davlat televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining badiiy boʻlimi muharriri boʻlib ishlagan. Keyin Moskvadagi SSSR Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi ikki yillik oliy adabiy kursni tugatgan (1971-1972). Oʻqishni tugatgach, Bokuga qaytib kelgan. „Adabiyot va sanʼat“ gazetasida adabiy xodim, nafis sanʼat boʻlimi mudiri va shu yerning oʻzida sheʼriyat boʻlimi mudiri ham boʻlib ishlagan.

Shoir Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi prezidiumi aʼzosi boʻlgan. 1978-1980-yillarda Vengriyada ijodiy taʼtilda boʻlgan. 2003-yil 26-martda avtohalokatda vafot etgan.

Oilasi Shoirning otasi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlganMina Rəşid, „Davud Nəsibi heç vaxt unutmaram…“ //Ədəbiyyat qəzeti. −2019. – 24 avqust. – S.13.. U uylangan, Xayal va Xayyom ismli ikki farzandi bor ediBəxtiyar Qaraca, Kəmalə Mirzəyeva, „Damcılı bulaq, dağdağan ağacı və Davud Nəsibin yurdu“ // 525-ci qəzet.- 2019.- 5 iyun.- S.14-15..

Manbalar

Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:25-avgustda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar