Jung Sung-sook (, 1972-yil 26-yanvar) – koreyalik dzyudochi, yengil va yarim oʻrta vazn toifalarida 1990-yillarning oʻrtalari va 2000-yillarning boshlarida Janubiy Koreya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Atlanta va Sidney shaharlarida oʻtkazilgan yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari chempioni, besh karra Osiyo chempioni, koʻplab milliy va xalqaro ahamiyatdagi turnirlar gʻolibi.

Hayoti Jung Sung-sook 1972-yil 26-yanvarda tugʻilgan.

Jung Sung-sook 1993-yilda kattalar oʻrtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada birinchi muhim gʻalabasiga erishishi tufayli Janubiy Koreya terma jamoasining asosiy tarkibiga qoʻshilgan va Makaoda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida qatnashib, u yerda yarim oʻrta vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritganJeong Seong-Suk Biography and Olympic Results. Oradan bir yil oʻtib Xirosimadagi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, undan keyingi yilda esa xuddi shu vaznda Nyu-Dehlidagi Osiyo chempionati va Chibadagi jahon chempionatida eng yaxshi natijani qayd etgan.

1996-yilda Jung Sung-sook Xoshimin shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan va bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakati sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Jung Sung-sook dastlabki uchta raqibdan ustun kelgan, ammo yarim final bosqichida amaldagi Yevropa chempioni belgiyalik Gella Vandecaveyega yutqazgan. Takroriy bahsda isroillik Yael Aradni magʻlub qilib, Olimpiadaning bronza medali bilan kifoyalanishga majbur boʻlgan.

1997-yilda Manilada boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Jung Sung-sook finalda barcha raqiblarini, jumladan, yaponiyalik Kie Kusakabeni magʻlub etib, yarim oʻrta vazn toifasida qatorasiga toʻrtinchi bor oltin medalni qoʻlga kiritganSung-Sook Jung, Judoka, JudoInside. Parijdagi jahon chempionatida Jung Sung-sook chorak finalda Ispaniya vakili Sara Álvarezdan magʻlubiyatga uchrab, bronza medali sohibiga aylangan. Keyingi mavsumda Jung Sung-sook yengil vazn toifasiga tushib, Bangkokdagi Osiyo oʻyinlarida qatnashgan va u yerda ham bronza medalini qoʻlga kiritgan「アジア大会柔道競技」近代柔道 ベースボールマガジン社、1999年1月号、38頁. 2000-yilda Osaka shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 63 kg vazn toifasida eng yaxshi natijani qayd etib, dzyudo boʻyicha besh karra Osiyo chempioni boʻlgan. Janubiy Koreya dzyudo terma jamoasi yetakchilari qatorida Jung Sung-sook 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlariga ishtirok etish uchun yoʻllanma qoʻlga kiritgan, bu safar Jung Sung-sook birinchi bahsda fransiyalik Séverine Vandenhendega yutqazgan, finalda raqibi Olimpiada chempioniga aylangan「2000年アジア柔道選手権大会」近代柔道 ベースボールマガジン社、2000年7月号. Ammo uchinchi oʻrin uchun oʻtkazilgan takroriy bahslarda Jung Sung-sook barcha toʻrtta raqibidan ustun kelib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Sidney Olimpiadasidan keyin Jung Sung-sook bir muddat Janubiy Koreya terma jamoasining asosiy tarkibida qolib, yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etgan. 2001-yilda Jung Sung-sook Sevilyadagi Gran-prida ishtirok etib, u yerda yarim oʻrta vazn toifasida beshinchi oʻrinni egallagan. Ushbu musobaqalar yakuniga etgach, Jung Sung-sook koreyalik yosh dzyudochilarga jamoadagi oʻrnini berib, professional sportchi sifatidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:26-yanvarda tugʻilganlar