Carlos Manuel de Oliveira Magalhães (1974-yil 25-fevral, Portu, Portugaliya) – Litos nomi bilan tanilgan, portugaliyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Litos toʻqqiz mavsum davomida Primeira Ligada 226 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 21 ta gol urgan. Asosan Boavista F.C. klubi safida oʻynagan, klub bilan 2001-yilda milliy chempionatda gʻalaba qozongan. Shuningdek, Litos bir necha yil davomida Ispaniyaning La Liga chempionatida Málaga CF klubi safida toʻp surgan.

Klubdagi faoliyati Litos 1974-yil Portu shahrida tugʻilgan, futbolchilik faoliyatini Boavista klubida boshlagan. S.C. Campomaiorense, GD Estoril Praia va Rio Ave FC klublarida ijara asosida oʻynaganidan soʻng, Litos Boavista klubiga qaytib kelgan. 2000-2001 yillarda klubning jamoa sardori sifatida Primeira Ligadagi yagona chempionlik unvonini qoʻlga kiritishda oʻz hissasini qoʻshgan. Litos Pedro Emanuel bilan kuchli himoya juftligini tashkil etdi. Keyinchalik Emanuel Portu klubiga oʻtgan.

2001-yilda Litos La Ligada ishtirok etuvchi klub Malaga CF bilan shartnoma imzolagan va Andalusiyadagi faoliyati davomida turli voqealarni boshdan kechirgan. Litos ikki mavsum davomida asosiy tarkibda va qolgan uchta mavsumda jami 20 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2005—2006-yilgi mavsumida Malaga klubi quyi ligaga tushib ketadi va bu liga doirasida Litos atigi sakkiz marta maydonga tushgan. Besh yil davomida Litos vatandoshlari Edgar va Duda bilan birga toʻp surgan.

Litos 2006—2007-yilgi mavsumda Académica de Coimbra klubi tarkibiga qoʻshilgan. Litos birinchi mavsumda asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlgan va keyingi mavsumda klubnig ortiqcha futbolchisi deb topilgan va 2008-yil yanvar oyida Avstriya Bundesligasining SV Salzburg klubiga oʻtgan. 2008-yilgi mavsumning oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Litos Portugaliya milliy terma jamoasi safida oltita oʻyinda maydonga tushgan. Uning terma jamoadagi ilk oʻyini 1999-yil 10-fevralda Parijda Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvda boʻlgan, bunda Litos atiga uch daqiqa maydonda harakat qilgan va oʻyin 0:0 hisobi bilan yakunlangan. Shuningdek, Litos 1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida oʻynagan.

Yutuqlari Boavista

Primeira Liga: 2000—2001 Taça de Portugaliya: 1996—1997 Supertaça Cândido de Oliveira: 1997

Malaga

UEFA Intertoto kubogi: 2002

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya olimpiya futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Málaga CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:G.D. Estoril Praia futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar