Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy () (741-yil oktybar oyida vafot etgan) – 741-yilning fevral oyidan oktyabr oyigacha Umaviylar xalifaligining Ifriqiyadagi hokimi.

Hayoti Kulsum ibn Iyod yirik arab qabilasi Banu Amirning Qushayr boʻlimi, Qaysiy qabilaviy ittifoqidan boʻlgan. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik tomonidan 741-yilning fevral oyiida Qayravon (Ifriqiya) hokimi etib tayinlangan. Uning vakolatiga butun Magʻrib hamda Al-Aldalus hududlari ustidan nazorat olib borish kirgan. Kulsum avvalgi hokim Ubaydulloh ibn al-Habhobning oʻrniga tayinlangan edi, chunki Ubaydullohning notoʻgʻri boshqaruvi bugungi Marokash hududida Berberlar qoʻzgʻolonining koʻtarilishiga sabab boʻlgan, shuningdek, 740-yilning oxirida al-Ashraf gʻazotida arab armiyasining magʻlubiyatiga olib kelgan.

Manbalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:741-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Ifriqiyadagi Umaviylar hokimlari