Berlin — Oqqoʻrgʻon — 2018-yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan toʻliq metrajli badiiy film. „O‘zbekkino“ milliy agentligi buyurtmasiga asosan, „O‘zbekfilm“ kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Filmda 1941—1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek o‘g‘lonlari, shuningdek, O‘zbekiston xalqining front ortidagi mehnatlari aks ettirilgan.

Yaratilish tarixi Rejissyor Zulfiqor Musoqov film ssenariysi ustida ikki yil ishlaganini va oʻz faoliyatidagi soʻnggi film boʻlishini maʼlum qilgan. Film bunday nomlanishiga sabab sifatida ota-onasi Oqqoʻrgʻonda tugʻilib oʻsgani va avlodlari qabri shu yerdaligini aytgan. Film uchun olti yil tayyorgarlik koʻrilgan, arxiv materiallari oʻrganilgan. Suratga olish ishlari esa bir yarim yil davom etgan.

Rollarda

Mukofotlari Film 2019-yilda Rossiya kinoakademiyasining „Nika“ mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, „MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi“ yo‘nalishida mukofotga da’vogarlik qilgan. Manbalar

Turkum:2018-yil filmlari Turkum:Zulfiqor Musoqov filmlari