Ahmad Husayn al-Sharʼa, lotinchada: ʾAḥmad Husayn al-Sharʿ / ash-Sharʼa, ; taxallusi: Abu Muhammad al-Joʻloniy, lotinchada: ʾAbū Muḥammad al-Jawlānī, shuningdek Joulani, Jolani va Golani tarzida transliteratsiya qilinadi (; 1982-yil 29-oktyabr, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni) – suriyalik jangari inqilobchi. Suriyadagi jihodchilar harakati faoli. 2017-yildan Hayʼat tahrir ash-Shom amiri. 2025-yil 29-yanvaridan Suriyaning 20-prezidenti.

Iroq islom davlati terroristik tashkiloti safida Iroq urushida qatnashgan. Keyinroq Jabhat al-Nusra (tashkilotning nomi keyinchalik „Jabhat fath ash-Shom“, undan keyin „Hayʼat tahrir ash-Shom“ deb oʻzgartirilgan) tashkilotining rahbarlaridan biriga aylangan.

2013-yil may oyida AQSH davlat departamenti Ahmad ash-Sharʼani „oʻta xavfli terrorchilar“ roʻyxatiga kiritgan, toʻrt yil oʻtgach esa Ahmad ash-Sharʼani topib oʻldirishga sabab boʻluvchi maʼlumot uchun 10 million AQSH dollari miqdorida mukofot taklif qilgan. 2024-yil sentyabr holatiga koʻra taklif oʻz kuchida qolganUS DOS Rewards for Justice Program. https://twitter.com/Rewards4Justice/status/1356731228762890240 . Date 5:28 PM · Feb 2, 2021. Twitter..

Hayoti

Oilaviy kelib chiqishi left|thumb|212x212px|Ahmad ash-Sharʼaning otasi, Husayn al-Sharaa (1992-yil) Ahmad ash-Sharʼaning oilasi Suriyaning Golan tepaliklarida istiqomat qilgan. Ammo 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urush paytida Isroil bu hududni ishgʻol qilgan va sababdan ular oʻz yerlarini tark etishga majbur boʻlgan. Uning „al-Juloniy“ taxallusi aynan shu Golan tepaliklariga tegishli ekanligini bildiradi.

Ahmad ash-Sharʼaning otasi Husayn Ali al-Sharaa Suriyada arab millatchisi va talabalar harakatining yetakchisi boʻlgan. U Bagʻdod universitetida iqtisodiyot boʻyicha tahsil olgan va keyinchalik neft muhandisi boʻlib ishlagan. Husayn Ali al-Sharaa iqtisodiy rivojlanish boʻyicha mintaqaviy masalalarga oid koʻplab kitoblar nashr etgan. Shuningdek, u 2006–2016-yillar davomida Suriya vitse-prezidenti boʻlgan Faruq al-Sharaaning amakivachchasi hisoblanadi. Bundan tashqari, uning amakisi Faruqning xolasiga uylangan.

Ahmad ash-Sharʼaning bobosi Ali Muhammad al-Sharaa Fiq shahridagi katta yer egasi va savdogar boʻlgan. Bobosining otasi, Muhammad Xolid al-Sharaa (1899–1932) Fransiyaning Suriya ustidan bosqinchiligiga qarshi qoʻzgʻolonida muhim rol oʻynagan. Qoʻzgʻolondagi ishtiroki uchun u sirtdan oʻlim jazosiga hukm qilingan, ammo bu hukm hech qachon ijro etilmagan.

Yoshlik davri Ahmad Husayn al-Sharaa 1982-yil 29-oktyabrda Ar-Riyod shahrida oʻrtahol oilada tugʻilgan. Uning otasi Ar-Riyodda neft muhandisi sifatida ishlagan, onasi esa geografiya oʻqituvchisi boʻlgan. Ular 1989-yilda oilaviy Suriyaga qaytishib, Damashqdagi Mezzeh mahallasiga koʻchib oʻtishgan. Ahmad ash-Sharʼaning eng mukammal biografiyasini yozgan Hussam Jazmatining soʻzlariga koʻra, sinfdoshlari uni qalin koʻzoynak taqadigan, eʼtibor tortmaslikka harakat qilgan oʻquvchi sifatida eslashadi. U tirishqoq boʻlsa-da, kamtar boʻlgan. Yoshligida „xotirjam“ va „uyatchan“ sifatida taʼriflangan. Shuningdek, u „hiyla-nayrangga usta va aqlli“, ammo „ijtimoiy jihatdan yopiq“ boʻlgani aytilgan. Uning „kelishgan qiyofasi“ va alavit qiz bilan boʻlgan muhabbati ham eʼtiborga sazovor boʻlgan, biroq bu munosabatga har ikki tomonning oilalari qarshi chiqqan. U 2003-yilda Iroqqa koʻchib ketgunga qadar Damashqda qolib, media tadqiqotlari va tibbiyot yoʻnalishida tahsil olgan.

Iroq urushi thumb|219x219px|2006-yil Iroqda AQSH kuchlari tomonidan qoʻlga olinganidan soʻng olingan surati 2021-yilda Frontline nashriga bergan intervyusida Ahmad ash-Sharʼa 2000-yilda (17 yoki 18 yoshida) Falastinning Ikkinchi Intifada taʼsirida radikallashganini soʻzlab, quyidagi fikrlarni aytgan:"Men bosqinchi va istilochilar tomonidan ezilayotgan xalqni himoya qilib, oʻz vazifamni qanday ado etishim mumkinligi haqida oʻylay boshladim".2001-yil 11-sentyabr terror xurujlarini maʼqullagan Ahmad ash-Sharʼa 2003-yilgi AQSHning Iroqni bosib olishidan bir necha hafta oldin Damashqdan Bagʻdodga avtobusda safar qilgan. U yerda Iroqdagi al-Qoida (AQI) tashkilotiga qoʻshilib, tez fursatlar ichida yuqori lavozimlarga koʻtarilgan. 2013-yilda The Times of Israel gazetasi Ahmad ash-Sharʼani AQI tashkiloti rahbari Abu Musab al-Zarqaviy bilan yaqin boʻlganini daʼvo qilgan. Ahmad ash-Sharʼa 2021-yilda Frontline nashriga bergan intervyusida Abu Musab al-Zarqaviy bilan hech qachon uchrashmaganini va u faqatgina Amerika bosqiniga qarshi al-Qoidaning oddiy askari sifatida xizmat qilganini taʼkidlagan. Iroq fuqarolik urushi boshlanishidan oldin, 2006-yilda Ahmad ash-Sharʼa AQSH kuchlari tomonidan hibsga olingan. U 5 yildan ortiq vaqt davomida Abu Ghraib, Camp Bucca, Camp Cropper va Camp Taji kabi turli turmalarda saqlangan. Suriya fuqarolar urushi

Suriya qoʻzgʻoloni va al-Nusra tashkilotining tashkil topishi Suriya inqilobi bilan bir paytda Ahmad ash-Sharʼa ham qamoqdan ozod etilgan. Soʻng unga 2011-yil avgustda Ayman az-Zavahiri va al-Qoidaning markaziy qoʻmondonligi tomonidan Suriyada Al-Qoida tashkilotining faoliyatini yoʻlga qoʻyish vazifasini topshirilgan. Ahmad ash-Sharʼa katta miqdordagi mablagʻ va al-Qoidaning faoliyatini yoʻlga qoʻyish vakolati bilan Suriyaga oʻtgan. Ahmad ash-Sharʼa al-Qoida markaziy qoʻmondonligining yuqori lavozimli aʼzolari bilan birgalikda „Jabhat al-Nusra“ni („al-Nusra fronti“) tashkil etgan. Az-Zavahiri bu tashkilotni Suriyada Ahmad ash-Sharʼa boshchiligidagi turli islomiy jangari guruhlarning keng koalitsiyasi sifatida tashkil etilgan. Ushbu guruh bevosita „al-Qoida“ markaziy qoʻmondonligiga sodiq boʻlishi koʻzda tutilgan.

Oʻsha paytda al-Qoida bilan ittifoqdosh boʻlgan Iroq Islom Davlati (ISI) rahbariyati uning ketishidan mamnun boʻlishgan. Ahmad ash-Sharʼa shunga qaramay Abu Bakr al-Bagʻdodiy bilan kelishuv tuzib, al-Qoidaning Suriya boʻlimi, yaʼni Jabhat al-Nusrani kengaytirishni davom ettirgan. Guruh 2013-yilgacha ISI bilan ittifoqni saqlab qolgan. Ahmad ash-Sharʼa va al-Bagʻdodiy oʻrtasida kelishuv boʻlib, nizolarni al-Qoida amiri Ayman az-Zavahiri vositachiligida hal qilgan. Vaqt oʻtishi bilan Ahmad ash-Sharʼa transmilliy jihodchilik gʻoyalaridan uzoqlashib, oʻz guruhini tobora koʻproq milliy suriyalik kurash doirasida taqdim eta boshlagan.

ISI, dastlab, Ahmad ash-Sharʼani Suriyada al-Qoida tarmogʻini tashkil etish maqsadida jangchilar, qurol-yarogʻ va mablagʻ bilan taʼminlagan. Ahmad ash-Sharʼa qamoqdan ozod boʻlganidan soʻng, bu rejalarni ISI rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirgan.

2012-yil yanvarda al-Nusra tuzilganligi rasman eʼlon qilingan va Ahmad ash-Sharʼa esa uning bosh amiri etib tayinlangan. Shu yilning dekabr oyiga kelib, AQSH Davlat departamenti Jabhat al-Nusrani terrorchi tashkilot deb eʼlon qilgan va uni Iroqdagi al-Qoida (Iroq Islom Davlati nomi bilan ham tanilgan)ning tashkiloti ekanligini aniqlagan. Ahmad ash-Sharʼa rahbarligida al-Nusra Suriyaning eng kuchli guruhlaridan biriga aylangan. Uning istehkomi Suriyaning shimoli-gʻarbidagi Idlib muhofazotida joylashgan.

ISHID bilan ziddiyatlar 2012–2013-yillarda Ahmad ash-Sharʼa Suriyada oʻz hukmronligini oʻrnatayotganda, ISHIDning Iroqdagi rahbariyati unga nisbatan shubhalana boshlagan. Jabhat al-Nusra Assad rejimiga qarshi kurashda boshqa suriyalik isyonchi guruhlar bilan hamkorlik qilgani va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatgani uchun tobora mashhurlashib borganZelin 2022, p. 16. Ahmad ash-Sharʼa esa al-Bagʻdodiyning bu guruhlarga qarshi kurashni boshlash va muxolifat faollariga suiqasd uyushtirish haqidagi buyruqlarini eʼtiborsiz qoldirgan. Al-Bagʻdodiyning eng yaqin yordamchisi Abu Ali al-Anbari Ahmad ash-Sharʼaning ishlarini tekshirish uchun Suriyaga borgan va uni „makkor va ikkiyuzlamachi odam“ deb baholagan.

Jabhat al-Nusraning mashhurligi va Ahmad ash-Sharʼaning itoatsizligi al-Bagʻdodiyda tashvish uygʻotgan. 2013-yil aprel oyida u Jabhat al-Nusra va Iroq Islomiy Davlati (IID)ni birlashtirib, Iroq va Shom Islomiy Davlati (ISHID)ni tashkil etilishini bir tomonlama eʼlon qilgan. Ushbu birlashuv Jabhat al-Nusraning mustaqilligini va al-Qoidaning markaziy qoʻmondonligiga boʻlgan sodiqligini yoʻq qilishi va buning natijasida, barcha yetakchilar, qarorlar va operatsiyalar toʻgʻridan-toʻgʻri Abu Bakr al-Bagʻdodiy nazorati ostida boʻlishi kerak boʻlgan. Ahmad ash-Sharʼa al-Nusra frontining mustaqilligini saqlash maqsadida, ochiqdan-ochiq al-Qoida yetakchisi Ayman az-Zavahiriga bayʼat bergan. Ayman az-Zavahiri esa al-Nusraning Iroq Islomiy Davlati (IID)dan mustaqilligini tasdiqlovchi bayonot eʼlon qilganZelin 2022, p. 17. Mazkur bayonotda Suriya al-Nusra frontining „hududiy davlati“ ekani va ISHID hukmronligining faqat Iroq bilan cheklangani taʼkidlangan. Ayman az-Zavahiri al-Qoida markaziy qoʻmondonligi bilan maslahatlashmasdan va xabar bermasdan eʼlon qilingan al-Bagʻdodiyning birlashish haqidagi qarorini rad etgan. Shu bilan birga, u ikki guruh oʻrtasida vositachilik qilish va kelishuvlarning bajarilishini nazorat qilish uchun Abu Xolid al-Surini oʻz vakili sifatida tayinlagan.

2013-yil oxirida Ayman az-Zavahiri al-Bagʻdodiyni birlashuvni bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilishga chaqirgan, biroq al-Bagʻdodiy bu talabni rad etib, birlashuvni davom ettirishga uringan. 2014-yil fevraliga kelib, ISHID va al-Nusra oʻrtasidagi nizoni hal qilishga qaratilgan saʼy-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Natijada, 2014-yil fevral oyida al-Qoida ISHID bilan rasman aloqalarni uzgan va al-Nusra Suriyada al-Qoidaning yagona vakili sifatida qolgan. Ahmad ash-Sharʼa 23-fevral kuni Abu Xolid al-Surining oʻldirilishidan soʻng, ISHIDni qattiq qoralagan va ularni al-Qoidaga qarshi AQSh bilan birga kurashgan Iroqning „al-Sahvah“ kuchlariga oʻxshatgan. U ISHIDni isyonchilarga qarshi kurashish orqali Asadga qarshi kurashni susaytirganlikda ayblaganZelin 2022, pp. 53-54. Soʻng, ISHID va al-Nusra oʻrtasida ochiq urush boshlangan; Ahmad ash-Sharʼa bu urush Asadga nafas rostlash imkoniyatini berishi mumkinligi xususida ogohlantirgan. Keyingi oylar davomida, ISHID al-Nusra va Suriya muxolifati nazoratidagi hududlarning katta qismini egallab olgan. 2015-yil fevraligacha boʻlgan toʻqnashuvlarda har ikki tomondan taxminan toʻrt ming jangchi halok boʻlgan. Ahmad ash-Sharʼa 2015-yilning iyunida „al-Jazira“ nashrigaga bergan intervyusida, bu nizoning hal qilinishi yaqinlashmagani haqida gapirgan. U ISHID agar „Allohga tavba qilib, aqllini yigʻmasa“, ular oʻrtasida „faqat jang boʻlishini“ aytgan.

AQSHga qarshi tahdidlar AQSH boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyadagi ISHIDga qarshi „Oʻzgarmas qaror operatsiyasi“ havo hujumlari boshlangach, Ahmad ash-Sharʼa kamdan-kam uchraydigan ommaviy bayonotida bu hujumlarni Islomga qarshi tajovuz deb baholagan. U gʻarb jamoatchiligini ogohlantirib, janglarning gʻarb davlatlariga koʻchib oʻtishi mumkinligi haqida aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, musulmonlar oʻz yerlari bombardimon qilinishi, farzandlarining oʻldirilishini tomosha qilib turmaydi va shu sababdan janglarning gʻarb xavfsizlikni buzishi muqarrar boʻladi.

AQSH zarbalaridan besh kun oʻtib tarqatilgan audio xabarida Ahmad ash-Sharʼa gʻarb va Amerikaning ISHID tomonidan sodir etilgan adolatsizlikdan foydalanishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirgan. U, agar ISHIDni yoki boshqa kuchlarni toʻxtatish imkoni boʻlmasa, buni salibchilar ittifoqiga sherik boʻlmasdan amalga oshirish kerakligini taʼkidlagan.

Ahmad ash-Sharʼa, shuningdek, al-Nusraning AQSHdan moliyaviy yoki harbiy yordam olgan har qanday guruhga qarshi kurashishini bildirgan. U „Gʻarb tomonidan biroz pul va oʻq-dorilar evaziga sotib olingan va uning qoʻlida qurolga aylangan xoin guruhlarni“ keskin qoralagan.

Ahmad ash-Sharʼaning 2014-yil 28-sentabrda eʼlon qilingan audio bayonotida AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi kurashishini bildirgan hamda jangchilarni ISHIDga qarshi kurashda gʻarbdan yordam olmaslikka chaqirgan.

Al-Nusraning qayta tiklanishi