Wesley Andrew Foderingham (1991-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Angliyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining West Ham United jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. U avvalroq Angliya U-19 yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan.

Klublardagi faoliyati Ilk faoliyati Foderingham Londonning Hammersmit shahrida tugʻilgan. U dastlabki faoliyatini Fulham klubining yoshlar jamoasida boshlagan va keyinchalik Bromley klubiga ijaraga oʻtgan. Fulham jamoasidan ketganidan soʻng, 2010-yil avgust oyida u Crystal Palace bilan ilk professional shartnomasini imzolagan va 2011-yil mart oyida Histon klubiga ijaraga oʻtgan.

Swindon Town

2011-yil oktabr oyida Foderingham jarohat olgan Phil Smith oʻrniga 2-liganing Swindon Town jamoasiga ijaraga oʻtgan va 15-oktabr kuni Accrington Stanley jamoasiga qarshi oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirgan. Swindon safidagi ijara davrida 15 ta oʻyinda bor-yoʻgʻi 6 ta gol oʻtkazgan, 9 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu natijalar murabbiy Paolo Di Canioga Foderinghamni nomaʼlum transfer summasi evaziga 2012-yil 6-yanvarda sotib olishga undagan va u bilan 2014-yil iyuligacha shartnoma imzolangan. Foderingham jami 24 ta o‘yinda darvozani daxlsiz saqlab Swindon bilan 2011–2012-yilgi 2-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

2012–2013-yilgi mavsumni Foderingham ketma-ket 4 ta quruq o‘yin bilan boshlagan va keyinchalik, Liga kubogida Premyer-liganing Stok Siti jamoasini 4-3 hisobida mag‘lub etishda munosib hissa qoʻshgan. Biroq, keyingi o‘yinda Preston Nort Endga qarshi oʻyinning 21-daqiqasida, jamoa 2:0 hisobida yutqazayotganida zaxiraga olingan va bu holat Foderinghamning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Murabbiy Di Canio uning ushbu xatti-harakatini omma oldida tanqid qilgan va agar u uzr so‘ramasa, klubni tark etishini aytgan. Foderingham keyinchalik kechirim so‘ragan.

Foderingham 2014–2015-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugagach erkin agentga aylangan.

Rangers 2015-yil 3-iyul kuni Foderingham Shotlandiya chempionatining Rangers klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U klub safidagi debyutini Shotlandiya chempionlar kubogining birinchi bosqichida Hibernian jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan va yangi murabbiy Mark Warburton davrida jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. 2016-yil 19-iyul kuni u Rangers bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirgan. 2018-yil iyul oyida jamoaning yangi murabbiy Steven Gerrard tomonidan Allan McGregor Rangersga qaytarilgach Foderingham ikkinchi darvozabon bo‘lib qolgan. U mavsumdagi ilk o‘yinni Shotlandiya Liga kubogida Kilmarnock jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Oʻsha oʻyinda uning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Wes 2020-yilning 19-may kuni shartnomasi tugashi bilan Rangersni tark etishi e'lon qilingan.

Sheffield United 2020-yil 17-iyul kuni Foderingham Premyer-liganing Sheffield United jamoasiga bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2021/2022-yilgi mavsumda, murabbiy Paul Heckingbottom paytida Foderingham asosiy sanalgan.

2022–2023-yilgi mavsumda Foderingham 44 oʻyinda 18 ta quruq oʻyin oʻtkazgan va Sheffield Unitedning Premyer-ligaga qaytishini yordam bergan.

2023-yil sentabr oyida Sheffield United Tottenham Hotspur jamoasiga qarshi 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Foderingham irqchilikka asoslangan haqorat va tahdidlarga duch kelgan. Keyingi haftada esa Newcastle United jamoasiga qarshi 0:8 hisobida mag‘lub bo‘lgan va bu jamoa uchun rekord mag‘lubiyat hisoblangan. Ushbu gʻalaba Newcastle uchun Premyer-ligadagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi.

Foderingham 2023–2024-yilgi mavsum oxirida erkin agentga aylangan.

West Ham United 2024-yil 26-iyun kuni Premyer-liganing West Ham United erkin agent maqomidagi Foderingham bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Foderingham Angliya terma jamoasining turli darajalarida, shu jumladan Angliya U-19 yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Bromley F.C. futbolchhilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Boreham Wood F.C. futbolchilari Turkum:Histon F.C. futbolchilari Turkum:Swindon Town F.C. futbolchilari Turkum:Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari