Vladimír Coufal (1992-yil 22-avgustda tugʻilgan) — Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Angliya Premer-liganing West Ham United klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. U ilgari Bílovec, Hlučín, Opava, Slovan Liberec va Slavia Prague klublarida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati Dastlabki faoliyati Coufal oʻz faoliyatini mahalliy Baník Ostrava klubida boshlagan va u yerda akademiyada o‘ynagan. Ammo 17 yoshida boʻyi past va nimjon deb topilib klubdan chiqarib yuborilgan. 2009-yilda Baník Ostravadan chiqarib yuborilganidan keyin Coufal havaskor klub hisoblangan ŠSK Bílovec safiga borib qo‘shilgan. U Baník o‘zining professional futbolchi bo‘lish imkoniyatini yo‘q qilgan deb hisoblagan va Bílovecdagi vaqtini 40 yoshli erkaklar bilan o‘ynashga qiyoslagan. Ularning aksariyati kolbasa va pivo, ishdan keyin ichish uchun o‘ynashgan deb ta’riflagan.
Hlučín Coufal o‘zining professional faoliyatini Hlučín klubida boshlagan va 2010-yil sentabr oyida 2. Liga o‘yinida Dukla Pragaue jamoasiga qarshi debyut qilgan. 2010–2011-yilgi mavsumda Coufal klub safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Opava (ijara) Coufal 2011–2012-yilgi mavsumni 2. Liga klubi Opavada ijara asosida o‘tkazgan va bu davrda 13 ta o‘yinda ishtirok etib, bir gol kiritgan.
Slovan Liberec Hlučín va Opavada 2-diviziondagi yaxshi natijalaridan so‘ng Coufalni Chexiya Birinchi ligasining Slovan Liberec klubi sotib olgan. Coufal Sparta Prague klubida sinov mashgʻulotlarida qatnashgan boʻlishiga qaramay, ular Coufalni emas, balki Pablo Gilni oʻz saflariga qoʻshib olishgan.
Coufal oʻzining birinchi mavsumida jamoa safida 10 ta o‘yinda ishtirok etgan. 2013–2014-yilgi mavsumda u jamoaning asosiy futbolchisiga aylangan va 21 ta o‘yinda ishtirok etgan. Keyingi uch mavsum davomida Coufal barqaror o‘yin ko‘rsatgan va Liberec safida 57 ta liga o‘yinida maydonga tushgan.
Coufalning Liberecdagi so‘nggi mavsumi uning eng muvaffaqiyatlisi bo‘lgan. U jamoa safida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2 ta gol kiritgan va shu natijalari unga Chexiya terma jamoasiga chaqiruv olib kelgan. U Liberecda olti mavsum o‘tkazgan, 150 dan ortiq o‘yinda ishtirok etgan va 2015-yilda Chexiya kubogini qo‘lga kiritgan. Liberecdagi faoliyati davomida Coufal jamoa sardori darajasigacha koʻtarilgan.
SK Slavia Prague Coufal Liberecdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli 2018-yilning 1-iyul kuni Slavia Prague klubiga 18 million krona evaziga uch yillik shartnoma asosida ko‘chib o‘tgan. U yerda u Liberecdagi murabbiyi Jindřich Trpišovský bilan yana qayta birga ishlagan .
2018–2019-yilgi mavsumda Coufal Slavia safida 28 ta o‘yinda maydonga tushgan. Jamoa safida 3 ta gol urgan va jamoaga Chexiya Birinchi ligasi chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan. Keyingi mavsumda, 2019–2020-yilgi mavsumda Coufal yana 32 ta o‘yinda ishtirok etgan boʻlib, 3 ta gol kiritgan. Oʻsha yilgi mavsum COVID-19 pandemiyasi tufayli ikki oyga to‘xtatilgan edi . Oʻsha mavsumda Coufal va Slavia yana chempionlikni qo‘lga kiritishgan. 2020–2021-yilgi mavsumda Coufal 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va keyin West Ham United jamoasiga transfer qilingan.
West Ham United 2020-yil 2-oktabrda Coufal Premer-liganing West Ham United klubiga 5,4 million funt evaziga qoʻshilgan. Jamoa va futbolchi uch yillik shartnomaga qoʻl qoʻyishgan. U yerda Coufal vatandoshi va sobiq jamoadoshi Tomáš Souček bilan yana qayta birga oʻynay boshlashgan. Coufal 2020-yil 4-oktabrda Leicester Cityga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Ushbu oʻyinda uning jamoasi 3–0 hisobida g‘alaba qozongan. Coufal West Hamdagi ilk mavsumida 7 ta golli uzatma amalga oshirgan va bu natija bo‘yicha Aaron Cresswelldan soʻng jamoadagi 2-natija edi. Ikki himoyachi Premer-ligada eng ko‘p assist bergan duet bo‘lgan. Coufal 2020–21-yilgi mavsumda Hammer of the Year mukofoti uchun ikkinchi o‘rinni egallagan. Ushbu sovrinni vatandoshi Souček qo‘lga kiritgan.
Xalqaro faoliyati 2014-yilda Coufal Chexiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida ikkita o‘yinda qatnashgan.
Coufal Chexiya terma jamoasi safidagi debyutini 2017-yil 11-noyabr kuni Qatar bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. 2020-yil 4-sentabrda Coufal Chexiya terma jamoasi uchun ilk golini qo‘shni Slovakiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi o‘yinida kiritgan.
Coufal 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi bo‘lib, jamoasi chorak finalda Daniyaga mag‘lub bo‘lgan. 2021-yil 16-noyabrda u birinchi marta Chexiya terma jamoasida sardor sifatida Estoniyaga qarshi JCh saralash o‘yinida maydonga tushgan va ushbu oʻyinda jamoa 2-0 hisobida g‘alaba qozongan.
2023-yil 19-noyabrda Coufal Jakub Brabec va Jan Kuchta bilan birga Moldova bilan bo‘lishi rejalashtirilgan Yevro-2024 saralash o‘yini oldidan tungi klubga borganligi uchun Chexiya terma jamoasining yig‘inidan chiqarib yuborilgan. 2024-yil may oyida u Chexiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2024 uchun tanlangan tarkib safiga qayta kiritilgan..
Shaxsiy hayoti Coufal Chexiyaning Ludgeřovice qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning onasi Alena Dřevjaná 1988-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida Chexoslovakiya gimnastika jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Coufalning aka-uka va opa-singillari Petr va Jana figurali uchish sporti bilan shug‘ullanishadi.
Manbalar
Havolalar
Vladimír Coufal at West Ham United F.C. (archive)
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar