thumb|Evaristo Baschenis tomonidan yaratilgan barokko cholgʻu asboblari, jumladan, sitren, viola da gamba, skripka va ikkita lyutnya suratlari
Barokko davri musiqasi taxminan 1600-yildan 1750-yilgacha davom etgan va Gʻarb klassik musiqasining rivojlanish davrlaridan biri hisoblanadi. Barokko davri uch asosiy bosqichga boʻlinadi: ilk (1580 – 1650), oʻrta (1630 – 1700) va soʻnggi (1680 – 1750) davrlar. „Barokko“ atamasi portugalcha barroco soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „notekis shakldagi marvarid“ degan maʼnoni anglatadi.
Barokko musiqasi klassik musiqa merosining muhim qismi boʻlib, bugungi kunda ham keng koʻlamda oʻrganilmoqda va ijro etilmoqda. Ushbu davrning eng mashhur bastakorlari orasida Antonio Vivaldi, Georg Fridrix Gendel va Johann Sebastian Bach bor boʻlib, ularning asarlari barokko davrining eng yuksak choʻqqisi sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, Claudio Monteverdi, Domenico Scarlatti, Alessandro Scarlatti, Alessandro Stradella, Tomaso Albinoni, Johanna Pachelbel, Henry Purcell, Georg Philipp Telemann, Jean-Baptiste Lully, Jean-Philippe Rameau, Jean-Philippe Rameau, Marc-Antoine Charpentier, Arcangelo Corelli, François Couperin, Johann Hermann Schein, Heinrich Schütz, Samuel Scheidt, Dieterich Buxtehude, Gaspar Sanz, José de Nebra, Antonio Soler, Carlos Seixas, Adam Jarzębski, Jan Dismas Zelenka, Heinrich Ignaz Franz Biber va Giovanni Battista Pergolesi kabi boshqa koʻplab bastakorlar ham bu davrning rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan.
mki9Barokko davri Gʻarb musiqasida umumiy amaliyot tonalligining shakllanishiga asos boʻlgan. Bu yondashuv musiqiy asarlarni maʼlum bir tonallikda (masalan, Do major yoki Re minor) yozishni anglatadi. Garmoniyaning ushbu turi bugungi kunda ham klassik va ommabop musiqada keng qoʻllanilmoqda. Barokko davri musiqachilari yakkaxon kuylar va joʻrovoz qismlarini ijro etishda mohirona improvizatsiya qilishlari talab qilingan. Konsertlarda basso continuo deb ataluvchi guruh muhim rol oʻynagan. Ushbu guruhga akkordlarni improvizatsiya qiluvchi klavessinchilar va lyutnyachilar, shuningdek, bas chizigʻini ijro etuvchi viola da gamba, violonchel va kontrabas kabi cholgʻular kirgan. Raqs syuitasi (Dance Suite) barokko davrining eng muhim musiqiy janrlaridan biri boʻlib, undagi qismlar raqs musiqasi taʼsirida yaratilgan. Biroq, ular raqs uchun emas, balki tinglash uchun moʻljallangan.
Ushbu davr mobaynida koʻplab yangiliklar amalga oshirilgan. Jumladan, bastakorlar har bir cholgʻu asbobining ovozini boyitishga harakat qilishgan. Shu tariqa orkestr yaratilgan. Akkord progressiyalarini tez va aniq yozib olish imkoniyati paydo boʻlgan, ijro uslublari takomillashtirilib, cholgʻu asboblari ijrosi yanada murakkab va keng koʻlamli boʻlgan.
Barokko davrida aralash vokal va cholgʻu janrlari (masalan, opera, kantata, oratoriya), shuningdek, yakkaxon konsert va sonata kabi cholgʻu janrlari shakllangan. Polifoniya, yaʼni bir vaqtning oʻzida bir nechta mustaqil kuy chiziqlarining ijrosi, barokko davri musiqasining ajralmas qismi edi. Masalan, fuga – murakkab polifonik shakl boʻlib, ushbu davrning eng yorqin misollaridan biridir. Umuman olganda, barokko davri musiqasi ijodiy ifoda va muloqot vositasi sifatida xizmat qilgan, shu orqali oʻz davrining estetik va hissiy talablariga javob bergan.
Etimologiyasi
„Barokko“ soʻzining kelib chiqishi portugalcha barroco soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz dastlab „notekis shakldagi marvarid“ maʼnosini anglatgan. Shuningdek, fransuzcha baroque soʻzi ham bu atamaga asos boʻlgan degan taxmin ham mavjud. Shuningdek italyan tilida bu atama „ajoyib“, „gʻaroyib“ kabi maʼnolarda ishlatilgan. „Barokko“ atamasi, odatda, musiqa tarixchilari tomonidan Yevropada keng geografik hududlarni qamrab olib, taxminan 150 yil davomida shakllangan va oʻzida turli uslublarni mujassamlashtirgan musiqani tavsiflash maqsadida qoʻllaniladi. „Barokko“ atamasi dastlab arxitekturaga nisbatan tanqidiy maʼnoda qoʻllanilgan deb hisoblangan boʻlsa-da, aslida bu soʻz musiqaga nisbatan oldinroq, 1733-yil oktyabrida Rameoning „Ippolit va Arisiya“ operasi premyerasining anonim, hajviy sharhida ishlatilgan. Ushbu sharh 1734-yil may oyida „Mercure de France“ jurnalida nashr etilgan. Tanqidchi operadagi yangiliklarni „du barocque“ (barokko uslubida) deb atagan va musiqaning izchil ohangga ega emasligi, doimiy dissonanslar bilan toʻldirilgani, tonallik va oʻlchamlarning tez-tez oʻzgarib turishi hamda kompozitsion usullar haddan tashqari tez qoʻllanishidan norozilik bildirgan.
1768-yilda musiqachi, bastakor va faylasuf Jean-Jacques Rousseau „Ensiklopediya“da barokko musiqasini „garmoniyasi chalkash, modulyatsiyalar va dissonanslar bilan toʻla musiqa“ deya taʼriflaganEncyclopedie; Lettre sur la Musique Francaise under the direction of Denis Diderot. Rousseau bu atamani, ehtimol, XIII asrda murakkab va baʼzilar uchun ortiqcha boʻlgan akademik mulohazalarni tasvirlashda ishlatilgan barokko falsafiy atamasiga oʻxshash deb hisoblagan boʻlishi mumkinAntoine Arnauld, Pierre Nicole, La logique ou l’art de penser, Part Three, chapter VI (1662) (in French).
„Barokko“ atamasining musiqa sohasida tizimli qoʻllanilishi nisbatan yaqinda, 1919-yilda Curt Sachs tomonidan Heinrich Wölfflinning barokko nazariyasining beshta xususiyatini musiqaga tatbiq etishi bilan boshlangan. Biroq, tanqidchilar Wölfflinning toifalarini musiqaga moslashtirishga urinishlarini tezda shubha ostiga olishdi. Keyinchalik, 20-asrning ikkinchi yarmida Manfred Bukofzer va Suzanne Clercx-Lejeune bu atamaning musiqada qoʻllanishini sanʼat va adabiyotdan ajratib, uni mustaqil texnik tahlil qilishga eʼtibor qaratgan. Ingliz tilida bu atama faqat 1940-yillarda, Bukofzer va Paul Henry Langning asarlarida namoyon boʻlgan.
1960-yillarning oxirlarida, ilmiy doiralar, xususan Fransiya va Britaniyada, Jacopo Peri, Domenico Scarlatti va Johann Sebastian Bach asarlaridagi barokko musiqasining xilma-xilligi haqida bahs va munozaralar davom etib, bu atama musiqa olamida keng qoʻllanila boshlandi.
Tarixi Barokko davri mobaynida musiqaga oid yangiliklar dastlab Italiyada paydo boʻlgan. Soʻngra, bu yangiliklar Gʻarb klassik musiqasining boshqa hududlariga taxminan 20 yil davomida yoyilgan. Masalan, italiyalik bastakorlar 1730-yillar atrofida galant uslubida asarlar yaratishgan, Johann Sebastian Bach kabi nemis bastakorlari esa 1750-yilgacha barokko uslubida ijod qilishni davom ettirgan. + Barokko musiqasi bosqichlari. Davrlar Yillari Italiyada Boshqa joyda Ilk barokko davri 1580 – 1650 Oʻrta barokko davri 1630 – 1700 Soʻnggi barokko davri 1680 – 1750 Ilk barokko davri musiqasi (1580 – 1650)
Florentine Camerata (Camerata deʼ Bardi) Uygʻonish davri oxirlarida Florensiyada faoliyat yuritgan gumanistlar, musiqachilar, shoirlar va ziyolilardan tashkil topgan guruh boʻlib, ular graf Giovanni deʼ Bardining homiyligida sanʼat, xususan musiqa va drama sohalarini oʻrganish qilish uchun yigʻilgan. Musiqa borasida ular oʻz qarashlarini qadimgi yunon musiqiy dramasi asosida shakllantirgan, bu esa nutq va notiqlikka katta eʼtibor qaratilgan anʼanaga tayanadi. Shu sababli, Florentine Camerata zamondoshlari keng qoʻllagan polifoniya va cholgʻu musiqasidan foydalanishmagan. Buning oʻrniga, ular qadimgi yunon musiqasida uchraydigan monodiya kabi uslublarni oʻrganishgan. Monodiyada, asosan, kithara (qadimgi torli cholgʻu asbobi) joʻrligida yakkaxon kuylanadi. Ushbu gʻoyalarning dastlabki amaliyoti Jacopo Perining „Dafne“ va „L’Euridice“ kabi asarlarida namoyon boʻlgan. Mazkur asarlar opera janrining shakllanishini boshlab bergan va barokko musiqasi rivojlanishiga kuchli turtki boʻlgan.
Musiqa nazariyasida figurali bass polifoniyaning keng foydalanilishi asosi oʻlaroq garmoniyaning rivojlanishdagi ahamiyatini koʻrsatilgan. Garmoniya kontrpunktning natijasi boʻlib, figurali bass esa musiqiy ijroda keng qoʻllaniladigan ushbu uygʻunliklarning vizual tasviridir. Figurali bassda raqamlar, bekor qiluvchi belgilar yoki ramzlar bas chizigʻining ustiga qoʻyiladi va ular klavishli cholgʻu ijrochilari, masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar (yoki lyutnada chaluvchilar) tomonidan ijro etiladi. Bu raqamlar, musiqiy belgilar ijrochi har bir bas notasi ustida qanday intervallarni chalishini koʻrsatib beradi. Klavishli cholgʻu ijrochisi har bir bas notasi uchun akkord ovozini improvizatsiya qiladi. Bastakorlar garmonik rivojlanishlarga eʼtibor bera boshladilar va triton kabi beqaror intervalni dissonans yaratish uchun ishlatishgan. Triton dominant yettinchi akkordda va kamaytirilgan akkordlarda qoʻllanilgan. Uygʻonish davrining ayrim bastakorlari, xususan Carlo Gesualdo ham garmoniyaga qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, barokko davriga oʻtishda garmoniya modallikdan koʻra tonallikka yoʻnaltirildi. Tonallik asarning „asosiy notasi“ sifatida qaraladigan musiqiy kalitga asoslanadi. Bu tushuncha tonallik deb ataladigan musiqiy nazariyaning asosiy gʻoyalaridan biriga aylangan.
Ushbu kompozitsiyaning yangi jihatlarini oʻz ichiga olgan holda, Claudio Monteverdi musiqaning Uygʻonish davri uslubidan barokko davri uslubiga oʻtishini yanada jadallashtirgan. Monteverdi kompozitsiyaning ikkita alohida uslubini ishlab chiqdi: Uygʻonish davri polifoniyasi merosi sifatida tanilgan prima pratica va barokko davrining yangi basso continuo uslubiga asoslangan seconda pratica. Basso continuo uslubida musiqachilarning kichik guruhi bas chizigʻini ijro etib, ohang uchun joʻrlikni tashkil etuvchi akkordlarni chalardi. Ushbu ansambl odatda bir yoki bir nechta klavishli cholgʻu asbobi ijrochilari (masalan, klavesin yoki organ chaluvchilar) va lyut ijrochisidan iborat boʻlib, ular bas chizigʻini chalib, akkordlarni improvizatsiya qilishardi. Monteverdi, xususan, „L’Orfeo“ va „L’incoronazione di Poppea“ kabi operalarni yozish orqali ushbu yangi janrga katta eʼtibor qaratgan. Bu Venetsiya uslubi Germaniyaga Genrix Shyuts tomonidan olib kirilgan, uning xilma-xil uslubi esa keyingi davr musiqasining rivojlanishiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Cholgʻu ijrosiga oid oʻziga xos uslublar tobora koʻproq eʼtiborga sazovor boʻla boshladi. Ayniqsa, style luthé – akkord rivojlanishlarining tartibsiz va kutilmagan burilishidir. XX asr boshidan boshlab style brisé deb atalib, Robert Ballard tomonidan 1611 va 1614-yillardagi lute kitoblarida hamda Ennemond Gaultier tomonidan Fransuz musiqa anʼanasida izchil uslub sifatida qoʻllanilgan. Ushbu xos lyut figuratiyasi keyinchalik klavishli cholgʻularga ham oʻtkazilgan. Shuningdek, Louis Couperin va Jean-Henri D’Anglebertning klavishli musiqasi 18-19-asrlar davomida klaviatura musiqasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Masalan, Johann Sebastian Bach va Frederik Shopenning asarlari bunga ajoyib misol boʻla oladi.
Oʻrta barokko davri musiqasi (1630 – 1700) Markazlashgan saroy tizimining yuksalishi koʻpincha Fransiya qiroli Lui XIV davri bilan bogʻliq boʻlgan Absolyutizmning iqtisodiy va siyosiy xususiyatlaridan biri sifatida qaraladi. U yaratgan saroy uslubi, odob-axloq tizimi va sanʼat butun Yevropa uchun namuna boʻlib xizmat qildi. Cherkov va davlat homiyligining kuchayishi uyushgan ommaviy musiqaga ehtiyojni oshirgan, shu bilan birga, cholgʻu asboblarining koʻpayishi kichik ansambllar uchun moʻljallangan kamer musiqasiga talabni kuchaytirgan.
Jean-Baptiste Lully saroy uslubidagi bastakorlarning yorqin namunasidir. U Fransiya qiroli uchun operalarning yagona bastakori boʻlish huquqini olish va boshqalarning operalarini sahnalashtirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun monarxiyadan patentlar sotib olgan. U 15 ta lirik tragediya yaratgan, biroq Achille et Polyxène asarini tugallanmay qolgan. Lully dirijyorlik sanʼatining dastlabki namoyandalaridan biri boʻlib, u katta tayoq yordamida temponi belgilab, ansamblni bir-biriga muvofiqlashtirgan.