Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi () – Yaponiyaning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi. Tavsifi Elchixona Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, 1993-yilning yanvar oyida oʻz faoliyatini boshlagan. 2022-yilning dekabr oyidan buyon elchi vazifasini Takashi Hatori bajarib keladi. Faoliyati Elchixona har hafta dushanbadan jumagacha 9:00 dan 17:30 gacha faoliyat yuritadi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi rasmiy dam olish kunlaridan tashqara Yaponiyaning davlat bayramlari kunlarida ham ishlamaydi. Xususan, 24-fevral – imperatorning tugʻilgan kuni, 21-iyul – dengiz kuni, 11-avgust – togʻlar kuni, 15-sentyabr – keksalarni eʼzozlash kuni, 3-noyabr – madaniyat kunlari. Yana qarang Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar