FIFA Marta mukofoti — 2024-yilda FIFA tomonidan tashkil etilgan mukofot bo‘lib, yil davomida eng estetik va chiroyli deb topilgan golni urgan ayol futbolchilarga topshiriladi. Marta mukofoti har yili e’lon qilinadi va ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Mukofot Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2002-yildan 2024-yilgacha hujumchisi va sardori bo‘lgan Marta sharafiga nomlangan. Marta mukofotning ilk sovrindorligiga ham nomzod bo‘lgan.

Ilk mukofot uchun vaqt oralig‘i 2023-yilning avgustidan 2024-yilning avgustigacha belgilangan. Ushbu mukofot har yili taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi marta 2024-yil dekabr oyida The Best FIFA Football Awards marosimida topshirilgan.

2024-yilning 17-dekabr sanasida Marta ushbu mukofotning birinchi g‘olibiga aylangan.

G'oliblar va nomzodlar 2024 FIFA 2024-yil 28-noyabrda 11 nafar nomzodlar ro'yxatini e'lon qilgan. ReytingFutbolchiJamoaRaqibHisobMusobaqaOvoz berish natijalari Delphine Cascarino Lyon Benfica2–1UEFA Ayollar Chempionlar ligasi Marina Hegering VfL Wolfsburg SGS Essen2–1Frauen-Bundesliga Sakina Karchaoui1–0UEFA Yevro-2025 saralash bosqichi Paulina Krumbiegel TSG Hoffenheim MSV Duisburg2–0Frauen-Bundesliga Marta4–0Oʼrtoqlik uchrashuvi Nina Matejić1–0 Beth Mead Arsenal West Ham United2–0FIFA U-17 Jahon chempionati Giuseppina Moraca Lazio Bologna2–0Serie B Asisat Oshoala Barcelona Benfica5–0UEFA Ayollar Chempionlar ligasi Mayra Pelayo-Bernal2–02024 CONCACAF W Gold Cup Trinity Rodman1–0 2024-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlari

FIFA Puskás mukofoti nomzodlari (2009-2024)

2024-yilgacha yilning eng yaxshi goli uchun mukofot erkaklar futboli bilan birlashtirilgan holda FIFA Puskás mukofoti orqali topshirilgan. 2011-yilda Heather O'Reilly ushbu mukofot uchun nomzod bo‘lgan birinchi ayol futbolchiga aylangan. Ammo hech bir ayol futbolchi mukofotni qo‘lga kirita olmagan. 2014-yilda Stephanie Zambra mukofot g'olibi James Rodríguezdan so'ng ikkinchi o‘rinni egallagan va ayol futbolchilar orasida eng yuqori natijaga erishgan. Daniuska Rodríguez va Deyna Castellanos mos ravishda 2016 va 2017-yillarda uchinchi o‘rinni egallashgan.

Caroline Weir Puskás mukofoti uchun bir necha bor nomzod bo‘lgan yagona ayol futbolchi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:FIFA sovrinlari va mukofotlari Turkum:FIFA The Best futbol mukofotlari Turkum:Ayollar futboli