Abdulaziz ibn Muso ibn Nusayr () – arab generali, hozirgi Ispaniya va Portugaliyada joylashgan Al-Andalusning birinchi hokimiHughes, Thomas Patrick. A Dictionary of Islam. (Clifton, NJ: Reference Book Publishers, 1965), 29.. Umaviylar xalifaligi Ifriqiya hokimi Muso ibn Nusayrning oʻgʻli.

Yoshlik yillari Abdulaziz ibn Muso otasi bilan birga 712-yilda Berberlar generali Toriq ibn Ziyodga Umaviylarning Hispaniyani bosib olishida yordam berish uchun hamrohlik qilganFouracre, Paul. The New Cambridge Medieval History Vol. 1. (New York: Cambridge University Press, 2005), 370.. Taxminlarga koʻra, arab millatiga mansub boʻlgan Muso ibn Nusayr va oʻgʻli Abdulaziz gʻalaba shon-shuhrati berberlar tomonidan qoʻlga kiritilishini xohlamagan. Al-Andalus fath etilgach, Toriq va Muso 714-yilda Umaviylar xalifasi al-Volid tomonidan Suriyaga chaqirilgan. Oʻgʻli Abdulazizni Al-Andalus hokimi etib tayinlaganHolt, P. M., Anne K. S. Lambton, and Bernard Lewis. The Cambridge History of Islam Vol.2. (London: Combridge University Press, 1970), 407. Muso ibn Nusayr oʻgʻlidan uzoq umr koʻrgan.

Al-Andalusning zabt etilishi va hukmronligi Abdulaziz Andalus poytaxti sifatida Sevilla shahrini tanlaganHitti, Philip K.. History of The Arabs. (New York: St. Martin, 1956), 503.. Shahar Ispaniyaning janubidagi zamonaviy Andalusiya provinsiyasi, Gvadalkivivir daryosi boʻyida joylashganMicrosoft Student 2006 [DVD], „Guadalquivir.“ (Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2005).. Muso ibn Nusayr va Toriq ibn Ziyod ketgach, islomiy hokimiyat Abdulaziz boshchiligida Al-Andalusdan gʻarbda hozirgi Portugaliya va shimolda Pireney togʻlariga qadar kengayganProvencal, Levi. Encyclopedia of Islam New Edition Vol. 1 A-B. (Leiden, the Netherlands: E. J. Brill, 1960), 58.. Yangi bosib olingan yerlardan birida Abdulaziz Murcia hukmdori Theudimer bilan tinchlik shartnomasini imzolagan. Hukmdorning arabcha ismi Tudmir boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Abdulaziz oxirgi vestgot hukmdori Rodericning xotini, beva Egilonaga uylangan. Egilona Abdulaziga turmushga chiqqach, Ummu Osim ismini olganProvencal, Levi. Encyclopedia of Islam New Edition Vol. 1 A-B. (Leiden, the Netherlands: E. J. Brill, 1960), 58.. Bosib olingan yerlarda arab va berber ayollari boʻlmaganligi sababli mahalliy vestgot ayollarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Abdulaziz Egilona bilan turmush qurgan. Al-Andalusda arab va berber ayollarining yoʻqligiga sabab ularning Hispaniyani zabt etish uchun yuborilgan qoʻshin bilan birga kelmaganligi edi. Keyinchalik, fath qilingan yerlarda yashovchi ayollarga uylanish musulmon rahbarlar uchun umumiy qoidaga aylanganHolt, Lambton, Lewis, The Cambridge History of Islam Vol.2, 408.. Baʼzilar Egilonani eri Abdulaziz ustidan katta kuchga ega deb oʻylashgan. Bu mish-mishlar Damashqdagi umaviy xalifa Sulaymonga ham yetib borgan va bundan bezovta boʻlgan xalifa Abdulazizni oʻldirishga buyruq berganHitti, History of The Arabs, 503.. Ammo mish-mishlar Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy boshchiligidagi dushman firqaning buyrugʻi bilan qoʻzgʻatilgan edi.

Suiqasd va Al-Andalusiyadagi keyingi davr Abdulazizning oʻldirilish sanasi manbalarda turlicha keltirilgan. Biroq uning xalifa Sulaymonning buyrugʻiga koʻra Ziyod ibn Uzro al-Balaviy tomonidan oʻldirilgani maʼlumProvencal, Levi. Encyclopedia of Islam New Edition Vol. 1 A-B. (Leiden, the Netherlands: E. J. Brill, 1960), 58.. Ibn Xaldun tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra esa Abdulaziz Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy tomonidan oʻldirilganIbn Khaldun, Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l’Afrique, 1852 trans., Algiers, Vol. p.355. Suiqasd 715Collins, Roger. The Arab Conquest of Spain 710-797. Malden, Massachusetts: Blackwell Publishers Inc., 1999, p. 37, 716Fouracre, The New Cambridge Medieval History Vol. 1, 370. yoki 718-yillar oraligʻida amalga oshirilganProvencal, Encyclopedia of Islam New Edition Vol. 1 A-B., 58.. Santa Rufina monastirida Abdulazizning boshi kesilgan, oʻsha paytda binodan masjid sifatida foydalanilgan ediIbn Khaldun, Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l’Afrique, 1852 trans., Algiers, Ibn Khaldun reports that Habib ibn Abi Ubayda al-Fihri found ‘Abd al-Aziz in public prayer; when he began reciting the 69th Sura (Al-Haaqqa, 'the inevitable eventʼ), Habib burst out „You brought this event on yourself, you son of a whore!“ and struck his head off with his sword.. Oʻlimidan soʻng Abdulazizning boshi Damashqqa olib kelingan, yigʻilgan olomon orasida Muso ibn Nusayr ham borligini bilgan xalifa xalqqa uning uzilgan boshini koʻrsatganHitti, History of The Arabs, 503..

Abdulazizning oʻlimidan keyin uning oʻrniga amakivachchasi Ayyub ibn Habib al-Laxmiy oʻtirgan. Abdulazizning oʻlimida Ayyubning ham qoʻli bor deb taxmin qilinadiCollins, The Arab Conquest of Spain 710-797, 45.. Ayyubning hokimlik faoliyati uzoq davom etmagan, shuningdek, uning oʻldirilishidan keyingi qirq yil davomida ham Al-Andalus tartibsizlik va notinchliklarga toʻla boʻlgan. Arablar doimiy ravishda hokimiyatga ega boʻlish, hududda islomiy nazoratni kengaytirish uchun kurash olib borgan. Al-Andalusga navbatdagi hokimlar tayinlanishi yoki saylanishi bilan ular koʻpincha raqib guruhlar tomonidan yoki Damashqdagi umaviy xalifa tomonidan hokimiyatdan agʻdarilgan. Bu jarayon 756-yillargacha, yaʼni Kordovada mustaqil Umaviylar amirligi tashkil etilgunga qadar davom etganHolt, Lambton, Lewis, The Cambridge History of Islam Vol.2, 407.. Biroq Abdurahmon I toʻliq hokimiyat oʻrnatishi uchun Al-Andalusda (Toledo, Zaragosa, Barcelona va qoʻshni hududlarda) koʻplab qarshiliklarga uchragan. Hududni toʻliq egallab olishi uchun Abdurahmon I yana 25 yil davomida kurash olib borishga majbur boʻlgan. Ferdinand va Izabella 1492-yilda Granada Islom Amirligini zabt etgunga qadar mintaqada islom hokimiyati saqlanib qolganIbn Abd-el-Hakem. "The Islamic Conquest of Spain, " The Internet Islamic History Sourcebook. Home page online. Available from http://www.fordham.edu/halsall/islam/islamsbook.html; accessed 14 Feb 2008..

Manbalar

Turkum:Al-Andalusdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:716-yilda vafot etganlar