Hisor markaziy stadioni () – Tojikistonning Hisor shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Hozirda ushbu arena asosan futbol oʻyinlari uchun foydalanilmoqda. 2015-yilda ochilganidan buyon 20 ming tomoshabinga moʻljallangan ushbu stadion „Barkchi“ futbol klubi va Tojikiston milliy futbol terma jamoasining uy maydoni hisoblanadi.
Tarix Stadion 2015-yil 27-oktyabrda Hisor shahrining 3000 yilligini nishonlash munosabati bilan ochilgan. Ochilish marosimida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etgan. Stadion qurilishiga 42 million somoniydan biroz koʻproq mablagʻ sarflangani aytilgan. 2017-yil iyul oyida stadionda ilk xalqaro musobaqa – 2017-yilgi CAFA U-15 qizlar chempionati oʻtkazilgan.
2017-yil 4-noyabr kuni stadionda „Istiqlol“ (Tojikiston) va Iroqning „Al-Quva Al-Javiya“ jamoalari oʻrtasidagi 2017-yilgi OFK kubogi finali boʻlib oʻtgan.
Asosiy turnir oʻyinlari
AFC kubogi finali Sana1-jamoaNatija2-jamoaBoshqichTomoshabinlarMavsum2017-yil 4-may Istiqlol0–1 Al-Quwa Al-JawiyaFinal20,0002017-yilgi AFC kubogi
Yana qarang Varzishgohi Markaziy stadioni Manbalar
Havolalar Hisor markaziy stadioni Soccerway saytida Hisor markaziy stadioni WorldFootball.net saytida
Turkum:Tojikiston futbol stadionlari Turkum:Milliy stadionlar Turkum:Osiyoda koʻp maqsadli stadionla