Said Abduttoyyib Zakiyuddin II (hijriy 1110-yil Zulqaʼda oyining 12-sanasi/milodiy 1692-yilda vafot etgan, Jamnagar, Hindiston) Dovudiy Bohraning 35- Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan. U 34-daʼi Said Ismoil Badruddin I dan keyin bu diniy lavozimga tayinlangan. Said Zakiyuddin hijriy 1085/milodiy 1676-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning Daʼvat davri hijriy 1085–1110/ milodiy 1676–1692-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi. U Mavlono Bharmalning avlodidir.
Hayoti Said Abduttoyib hijriy 1038-yilda 29-daʼi Said Abduttoyib Zakiyuddin I davrida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni unga bobosi Mavlono Roj bin Mavlono Odamdan bergan. U oliy maʼlumotni dastlab ustozlikdan, soʻngra diniy bilim yurtida olgan. U Qur’onni toʻliq yodlagan. Otasi Said Ismoil Badruddin I 28 yoshida unga nass bergan.
Said Abduttoyib 47 yoshida yaʼni 1676-yilda daʼi lavozimini egallagan va Jamnagarni boshqaruv markazi sifatida saqlab qolgan. U hijriy 1090-yilda Ahmadobodga diniy, iqtisodiy va ijtimoiy tiklanish dasturlarini boshlash uchun tashrif buyuradi.
Vorisi Hijriy 1091-yilda oʻgʻli u Said Muso Kalimuddinni oʻziga voris etib tayinlagan.
Vafoti Said Zakiyuddin 63 yoshida sogʻligʻining yomonlashganligi tufayli vafot etadi. U Hindistonning Jamnagar shahridagi Mozori Badrida dafn etilgan[ iqtibos kerak ].
Manbalar
Havolalar
Turkum:1692-yilda vafot etganlar Turkum:17-asr ismoiliylari Turkum:1038-yilda tugʻilganlar Turkum:1110-yilda vafot etganlar