Malika Latifa binti Sulton ibn Abdulaziz masjidi () – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi ar-Rohmaniya mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjid. 2013-yilda ochilgan ushbu masjid Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Sulton bin Abdulazizning qizi va Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning nabirasi malika Latifa binti Sulton as-Saud sharafiga nomlangan.
Umumiy maʼlumot Masjid Hindiston qurilish firmasi tomonidan qurilgan va 2013-yil 7-iyulda qirol Abdulloh bin Abdulaziz davrida ochilgan. Bino Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Sulton bin Abdulazizning qizi va qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning nabirasi malika Latifa binti Sulton as-Saud sharafiga nomlangan.
Masjidga, odatda, Ramazon oyida taroveh namozlarini oʻqish uchun, shuningdek, Roʻza hayiti va Qurbon hayiti kabi diniy bayramlarda juda koʻp namozxonlar tashrif buyuradi. Maydoni va bir vaqtning oʻzida taxminan 7000 namozxonni sigʻdira oladi.
2023-yil holatiga koʻra, 2013-yilda tayinlangan birinchi imom Shayx Nosir bin Ali al-Qotamiy bugungi kunga qadar faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 21-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi gumbazli masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar