Solih ibn Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos () (711—769) Banu Abbos sulolasining a’zosi boʻlib, Suriya va Misrda harbiy qoʻmondon va noiblik vazifalarini bajargan.
Hayoti Solih va ukasi Abdulloh 750-yilda Umaviylar hokimiyatini agʻdarib tashlagan Abbosiylar qoʻshinining old saflarida boʻlishgan. Aka-ukalar xalifalik poytaxti Damashqni qamal qilib egallagach, soʻnggi Umaviy xalifa Marvon IIni Misrgacha ta’qib qilishdi. Xalifa shu yerda qoʻlga olindi va oʻldirildiGrohmann & Kennedy (1995), p. 985Cobb (2001), p. 27. Solih 750-yil 9-avgust kuni Misrga noib etib tayinlanib, ushbu lavozimni egallagan ilk Abbosiylar vakili boʻldi. Ushbu lavozimda bir yildan kamroq vaqt mobaynida qolib, 751-yil mart oyida Jund Filastin (Falastin) noibi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ekanida Said ibn Abdullohni Abbosiylar davrining Vizantiya Onadoʻlisiga qarshi ilk bosqinchilik yurishiga joʻnatdi. 753-yil 8-oktyabrda yana Misr noibi etib tayinlanib, bu lavozimda 755-yil 21-fevralgacha ishladi. 754-yilda Solihning jiyani, xalifa as-Saffoh vafot etgach, Solihning akasi Abdulloh Suriyada yangi xalifa al-Mansurga qarshi isyon koʻtardi. Abdulloh oʻlim toʻshagida yotgan as-Saffoh oʻzini voris etib tayinlaganini da’vo qildi. Solih akasining qoʻzgʻoloniga qoʻshilishdan bosh tortib, hatto isyonni bostirish uchun Suriyaga qoʻshin bilan kirib bordi. Abdullohning Falastindagi noibi al-Hakam ibn Da’ban bilan to‘qnashib, uni magʻlub etdi. Shu paytda Abdullohning oʻzi Abu Muslimdan yengilib, Mansurga boʻysunishga majbur boʻldiCobb (2001), pp. 23–27.
Abdullohning isyoniga qaramay, Solih va uning oilasi Suriyadagi eng nufuzli Abbosiylar hukmdorlari sifatida oʻz mavqelarini mustahkamlashdi. Ular bu mavqeni keyingi yarim asr davomida saqlab qoldilar. Chunki Solihning oʻgʻillari al-Fadl, Ibrohim va Abdulmalik Suriya va Misrda noiblik lavozimlarini egallagan edilarCobb (2001), pp. 27–28. Solih, shuningdek, Umaviylar sulolasining hududdagi koʻplab mulklarini oʻzlashtirib olgan edi. Bundan tashqari, Abbosiylar va Vizantiya oʻrtasidagi chegara hududlari, ya’ni tugʻurlarni mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Sobiq Vizantiya shaharlari Melitene (Malatiya), Germanikeya (Marash) va Mopsuestiyani (al-Massisa) qayta egallagan va qayta qurgan. Solih 769-yil Suriyada vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:711-yilada tugʻilganlar Turkum:769-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Falastinning Abbosiy noiblari Turkum:Arab — Vizantiya urushlarida ishtirok etgan Abbosiylar Turkum:Suriya Abbosiylar xalifaligi davrida Turkum:8-asr arablari Turkum:Shahar asoschilari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari