Gʻayrat Doʻstov „ishi“ – 2024-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonning Toshkent shahrida yuz bergan hodisa. Bu hodisa mahalliy va xalqaro jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab boʻlgan. Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻz erkinligi va ijtimoiy adolat masalalariga eʼtibor qaratgan.

Voqea tafsilotlari 2024-yil 23-dekabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida haydovchi Gʻayrat Doʻstov gaz taqchilligi va shoxobchaning yopilganidan norozilik bildirib, mas‘ullarga murojaat qilgan. U chiqishi davomida gaz taʼminotidagi muammolarni ochiq tanqid qilib, vaziyatni qoralagan. Uning chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilikning qoʻllab-quvvatlashi va norozilik kayfiyatini yuzaga keltirgan. 24-dekabr kuni uning ikkinchi murojaati tarqalgan. Unda Doʻstov birinchi murojaatda aytgan fikrlari uchun mas’ullardan uzr soʻramasligini taʼkidlagan. 24-dekabrga kelib, Doʻstovning uchinchi murojaati tarqalgan. Unda u oʻzining sogʻ-salomatligini qayd etgan.

Hibsga olinishi Voqeadan soʻng, 2024-yil 25-dekabr kuni Gʻayrat Doʻstov „mayda bezorilik“ ayblovi bilan hibsga olingan. 26-dekabr kuni Bektemir tumani sudida sudya Durdona Dadaxanova uni 15 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilgan. Uning qamoqqa olinganligi 31-dekabr kuni maʼlum boʻlgan. Ushbu qaror jamoatchilik orasida norozilik uygʻotgan.

Jamoatchilikning munosabati Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan. Koʻplab fuqarolar va faollar Gʻayrat Doʻstovning harakatlarini qoʻllab-quvvatlab, uning ozod qilinishini talab qilishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar tizimi faoliyati va sud qarorlari tanqid qilingan. „Habikatura“ tomonidan ishlangan karikatura „Inson qadri uchun ozodlik“ shiori bilan instagram tarmogʻida fleshmobga aylangan va 35 mingga yaqin odam uni oʻz storislarida boʻlishgan.

Bundan tashqari, 1-yanvar kuni Doʻstovni qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ yigʻish tashabbuslari boshlangan. Bir kun ichida esa 43,2 million soʻmdan ziyod mablagʻ toʻplangan. Ushbu voqea mamlakatdagi gaz taqchilligi va xizmat koʻrsatish tizimidagi muammolarni yana bir bor muhokama qilish imkonini yaratgan.

Apellyatsiya sudi 2025-yil 3-yanvar kuni Gʻayrat Doʻstovning ishi apellyatsiya sudi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan. Dastlab, bir muddat davomida Doʻstovning qonuniy vakillari, jurnalistlar va jamoatchilik faollari turli sabablarga koʻra sud zaliga kiritilmagan. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, sud ham Doʻstovning ishtirokisiz boshlangan va advokatlarning talabidan soʻng u sudga olib kelingan. Sudda Doʻstovni 12 nafar advokat himoya qilgan.

Sud jarayonida Doʻstovning tobi qochgan va shu sababdan sudya tanaffus eʼlon qilgan. Oradan bir necha vaqt oʻtgach, Doʻstovning holati yaxshilangan va sud davom etgan. Sud jarayonida Doʻstov oʻzini birinchi sud qaroridan soʻng „Panelniy“da bir kecha qolganini va soʻngra Toshkent IIBBga olib borishganini aytgan. Shu bilan birga, unga boʻlgan noinsoniy munosabatlar haqida, jumladan, boshiga qop kiydirilgani va yertoʻlada saqlanganini ham gapirib oʻtgan. Uning qanday sababga koʻra qamoqdan idoraga olib borilgani haqida IIV va IIBB tomonidan izoh berilmagan.

Sud uning jazosi 8 sutkaga qisqartirilganini va bu muddatda u qamoqda oʻtirgan kunlari hisobga olinganini inobatga olib, sud zalidan ozod qilgan. Bu qaror jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan.

Doʻstovning apellyatsiya sudida ishtirok etgan advokat Bahrom Ermatov tanqidni „mayda bezorilik“ deb atashning xato ekanini taʼkidlagan. Apellyatsiya instansiyasida Doʻstovning jazosi qisqartirilgan boʻlsa-da, unda bir qator qonun buzilishlari aniqlangan, lekin ularga huquqiy baho berilmagan. Shuningdek, sudda Doʻstovning IIBB yertoʻlalarida saqlanishi ham jamoatchilikda bir qator savollarni tugʻdirgan.

Munosabatlar Gʻayrat Doʻstov voqeasi Oʻzbekistonning soʻz erkinligi va fuqarolar noroziligini ifoda etish huquqi bilan bogʻliq masalalarni oʻrtaga chiqargan. Ushbu voqea xalqaro nashrlarda, jumladan, „The Economist“ kabi nufuzli ommaviy axborot vositalarida ham yoritilgan. Voqea mahalliy hukumat organlarining fuqarolar bilan muloqoti va inson huquqlari masalalariga eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatgan.

Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov bu voqea xususida quyidagicha fikr bildirgan

Manbalar

Havolalar

Turkum:2025-yil voqealari