Qoʻstanay markaziy stadioni – Qozogʻistonning Qoʻstanay shahridagi, koʻplab sport turlariga ixtisoslashtirilgan stadion. Hozirda asosan futbol oʻyinlari davomida foydalaniladi va „Tobol“ klubining uy stadioni hisoblanadi.
Tarix Futbol arenasi 1964-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Birinchi oʻyin 1967-yil 11-mayda boʻlib oʻtgan. 2002-yilda futbol maydoni yuzasini yangilash uchun nemis texnologiyasi qoʻllanilggann va avtomatik sugʻorish tizimi oʻrnatilgan. Elektr yoritish uchun asosiy arena toʻrtta maxsus ustun bilan jihozlangan. UEFA standartlariga javob berish uchun 2008-yilda stadion maxsus yoritish tizimi bilan jihozlangan. Qayta jixozlanganidan so'ng lampalar 200 lyuks oʻrniga 1200 luksga ega bo'lgan. 2017-yilda stadion toʻliq taʼmirlangan. Oʻrindiqlar sigʻimi 8320 dan 9500 gacha oshirildi va sharqiy tribuna butunlay qayta qurildi.
Xususiyatlar Markaziy stadion 9500 kishiga moʻljallangan. Oʻyin maydonining oʻlchami 105x68 metr va 1200 lyuks bilan yoritilgan. Ikkita tribuna bor; gʻarbiy tribuna va sharqiy tribuna.
1-darajali Sharqiy va Gʻarbiy tribunalar uchun chipta narxi 300 KZT, 2-darajali Gʻarbiy tribuna uchun esa 500 KZT. Manbalar
Havolalar 3D koʻrinishi: FC Tobol sayti QTVR toʻliq ekranli panorama Qoʻstanay markaziy stadioni
Turkum:Qozogʻiston stadionlari