Abu Abdulloh Ibn Lahi’a ibn Uqba ibn Fur’on ibn Robiya ibn Savbon al-Haramiy al-Aʼduliy () (hijriy 96—174) (milodiy 714/5-790) (Ibn Lahi’a () nomi bilan mashhur) – misrlik arab tarixchisi, hadis va fiqh olimi. Xalifa tomonidan bevosita tayinlangan Misrning birinchi qozisi sifatida mashhur boʻlgan.
Biografiya Ibn Lahia hayotining ilk yillari haqida hech narsa maʼlum emas. Faqagina 714/5-yilda Misrda yaman oilasida tugʻilgan maʼlum. Ibn Lahia tarixchi va hadis toʻplovchi sifatida oʻsha paytda Abbosiylar xalifaligi tarkibiga kirgan Misrda (750–1258) shuhrat qozongan. Zamondoshlari orasida hurmatli olim sifatida katta obroʻga ega boʻlganligi bois, Abbosiylar xalifasi al-Mansur () shaxsan uni Misr qozisi lavozimiga tayinlagan va u bu vazifani 772-yilda to 780-yilgacha bajargan. Xalifa unga oylik maosh sifatida ham oyiga 30 dinor miqdorida toʻlov bergan. 790-yilda vafot etgan. Al-Zahabiyning (vafoti 1348-yil) „Siyar Aʼlam al-Nubala“ nomli ulkan ensiklopedik asarida yozilishicha, Ibn Lahiyaning kutubxonasi va undagi kitoblar 786-yilda yuz bergan yongʻinda kuyib ketgan. Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:790-yilda vafot etganlar Turkum:714-yilda tugʻilganlar