Valadi Yanich masjidi () – Usmoniylar masjidi. Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan boʻlib, bugungi kunga qadar foydalanilmoqda. Kirish eshigi tepasida joylashgan yozuvga koʻra, 1440-yilning iyulida Mahmud Chalabiy tomonidan qurilgan. Ilk Usmoniylar meʼmorchiligiga oid bino hisoblanadi.
Masjid sakkiz burchakli gumbaz bilan qoplangan. Masjidning qiziqarli minorasi boʻlib, u ilgari cherkov qoʻngʻirogʻi deb taxmin qilingan. Darhaqiqat, masjid meʼmorchiligida bunday turdagi minora namunalari uchramaydi. Minoraga besh pogʻonali zinapoya orqali koʻtarilish mumkin. Minora masjiddan taxminan 10 metr uzoqlikda joylashgan. left|thumb|300x300px|Valadi Yanich masjidi minorasi Valadi Yanich asl ismi Mahmut boʻlgan soʻfiy edi. Otasining ismi Hoji Hayruddin boʻlgan va Murod I va Yildirim Boyazidlar davrida davlat xizmatida ishlagan. Usmoniylar davlati qoʻmondonlaridan biri, Anqara jangida ham ishtirok etgan. Hoji Hayruddin 1450-yillarda vafot etgan va oʻz nomi bilan mashhur masjid hovlisiga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Bursadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar