Kano katta masjidi () Kano shtatining markazi va Nigeriyadagi ikkinchi eng zich shahri Kanodagi umumiy jamoat masjidi. Masjid shtatning Mandavari hududida joylashgan.
Tarixi left|thumb|Masjid minoralaridan koʻrinishi (1960-yil). thumb|261x261px|Kanodagi katta masjid. Kano, Shimoliy Nigeriya – 1962-yil 13-15-yanvar Kano katta masjidi Nigeriyadagi eng qadimgi masjid boʻlib, 15-asrda Muhammad Rumfa sharafiga qurilgan. U loydan qurilgan boʻlib, soro yoki minora turidagi inshoot edi. Rumfaning hukmronligi va islom dinini qabul qilishidan avval, Kanoning markaziy masjidi ikkita ehtimoliy hududlarda joylashgan edi. Birinchi ehtimol – XV asr berber olimi al-Magʻiliyning avlodlari istiqomat qiladigan Sharifai mahallasi. Ikkinchi ehtimol esa – Mali imperiyasidan kelgan Vangara musulmonlari yashaydigan Yan Doya mahallasi edi.
U 1582-yilda Muhammad Zakiy tomonidan yangi joyga koʻchirilgan va 19-asr oʻrtalarida Abdullahi Dan Dabo tomonidan qayta qurilgan. Sokoto jihodidan soʻng, Kanonning imomi deb hisoblangan amir Sulaymon oʻzi masjidda juma namozlarini boshqargan. Keyingi amirlar esa bu vazifani tayinlangan imomlarga topshirishgan.
U 1950-yillarda vayron qilingan va Britaniya homiyligi bilan qayta qurilgan.
1980-yilgi Kano qoʻzgʻaloni 1980-yil dekabr oyida Yan Tatsine nomi bilan tanilgan Maitatsine izdoshlari juma namozi paytida masjidni egallab olish maqsadida namozxonlarga hujum qildilar. Toʻqnashuv oʻn bir kun davom etdi, dastlab politsiya bu hujumni toʻxtatishga urindi, keyinchalik esa armiyani jalb qilishga toʻgʻri keldi. Shiddatli qarama-qarshilik faqat Maitatsine va uning oʻz shtab-kvartirasini himoya qilayotgan tarafdorlari oʻldirilganidan soʻng yakuniga yetdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlar soni 4 mingdan oshgan, biroq boshqa manbalarga koʻra, halok boʻlganlar soni koʻproq boʻlishi mumkin.
Yana qarang
Masjidlar roʻyxati Nigeriyadagi masjidlar roʻyxati Afrikadagi masjidlar roʻyxati Misrdagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Havolalar
Masjidning fotosuratlari