Kizimkazi Dimbani masjidi (suaxili tili: Misikiti wa kale wa Kizimkazi Dimbani) Tanzaniyadagi Unguja Janubiy viloyatining Dimbani shaharchasidagi Kusinu tumanida qurilgan. U Zanjibar orolining janubiy qismida joylashgan boʻlib, Sharqiy Afrika sohillaridagi eng qadimgi islomiy inshootlardan biri hisoblanadiFreeman-Grenville, G. S. P., and B. G. Martin.. Nomiga qaramay, masjid Kizimkazida emas, balki undan 4,8 kilometr (3 mil) uzoqlikda joylashgan Dimbani shahrida qurilgan (buning sababi, bu ikki qoʻshni qishloqning rasmiy nomlari Kizimkazi Dimbani va Kizimkazi Mtendeni). Saqlanib qolgan kufiy yozuviga koʻra, masjid 1107-yilda qurilganDE V. ALLEN, J. „THE ‘SHIRAZI’ PROBLEM IN EAST AFRICAN COASTAL HISTORY.“ Paideuma, vol.. Yozuv va ayrim marjondan oʻyib ishlangan bezak elementlari qurilish davriga tegishli boʻlsa-da, hozirgi inshootning asosiy qismi XVIII asrda qayta qurilgan.
Galereya
Manbalar