Muso ibn Uqba al-Asadiy (); (665–758), Muso ibn Uqba laqabi bilan mashhur boʻlgan, ilk Madinalik tarixchi va anʼanashunoslardan biri edi. U Imom Zuhriyning shogirdi boʻlib, Zubayr oilasiga tegishli qul boʻlgan. Imom Molik unga shogirdlik qilgan va uning bilmini yuqori baholagan. Muso ibn Uqba magʻoziy (harbiy yurishlar) boʻyicha ham mutaxassis edi, bu yurishlarda Islom paygʻambari Muhammad shaxsan ishtirok etgan.
Muso ibn Uqba Kitob al-magʻozīy (Magʻoziy kitobi) asarini yozgan. Ushbu asar toʻliq saqlanib qolmagan, ammo parchalar keyingi tarixchilar tomonidan, jumladan, al-Voqidiy, Tabariy va Ibn Kasir tomonidan kitoblarida keltirilgan. Kitob al-magʻoziy qoʻlyozmasi 2022-yilda topilgan va nashr etilgan.
Manbalar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:758-yilda vafot etganlar Turkum:665-yilda tugʻilganlar