Üç Şerefeli masjid () – Turkiyaning Adirna shahridagi masjid. XV asrda Usmoniylar davrida qurilgan.
Tarixi Üç Şerefeli masjid Usmoniylar sultoni Murod II () tomonidan 1438–1447-yillarda qurdirilgan. Masjid shaharning tarixiy markazida, Salimiya masjidi va Eski masjidga yaqin joyda joylashgan. Binoning nomi uchta balkonli () gʻayrioddiy minoraga ishora qiladi. Masjid dastlab shahar yaqinidagi Eski masjididan () farqlanishi uchun Yangi masjid () deb atalgan.
Masjidni qurgan meʼmorning kim ekanligi maʼlum emas. Bino Burgas ohaktoshidan qurilgan, asosiy gumbazining diametri 24 m. Ushbu gumbaz qurilgan vaqtda qolgan barcha Usmoniylar binolaridagi eng katta gumbaz boʻlgan. Masjid 1732-yilda sodir boʻlgan yongʻin va 1748-yilgi zilzila natijasida jiddiy zarar koʻrgan. Keyinchalik, sulton Mahmud I buyrugʻi bilan taʼmirlangan.
Derazalarning timpanlarida joylashgan koshinlar Bursadagi Yashil masjidni (1419–1421) bezab chiqqan koshinkorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin. Xitoy meʼmorchiligi taʼsirida koshinlarga ishlangan gulli naqshlar Adirnadagi kichik Murodiya masjididagi koshinlarga oʻxshaydi.
Galereya
Yana qarang Islom arxitekturasi
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Üç Serefeli Camii , Archnet Dick Osseman tomonidan olingan suratlar
Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Adirnadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar