Ishoq ibn al-Abbos ibn Muhammad al-Hoshimiy () IX asrda yashagan Abbosiylar sulolasi vakili, viloyat hokimi va harbiy qoʻmondon edi. U 824 va 830-yillarda ikki marta Yaman oʻlkasiga hokimi etib tayinlangan.

Faoliyati Ishoq Abbosiylar sulolasining kichik aʼzosi boʻlib, halifalar as-Saffoh (750-754-yillarda hukmronlik qilgan) va al-Mansurning (754-775-yillarda hukmronlik qilgan) jiyani edi. Uning 817-yilda Iroqda boʻlganligi qayd etilgan boʻlib, oʻsha paytda Ishoq ibn al-Abbos xalifaga qarshi chiqqan Ibrohim ibn al-Mahdiyni qoʻllab-quvvatlashda kichik rol oʻynagan.

824-yilda Ishoq xalifa al-Maʼmun (hukmronlik davri 813-833) tomonidan Yaman hokimi etib tayinlanadi va oʻsha yilning oxirida Sano shahriga yetib keldi. Uning viloyat hokimligi juda notinch kechdi va tez orada u yamanliklarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlikda ayblandi. Viloyatdagi vaziyat oxir-oqibat shu qadar tartibsizlashdiki, al-Maʼmun Ishoqni lavozimidan ozod etishga qaror qildi va uning oʻrniga Muhammad ibn Nofeʼni hokim etib tayinladi; ; ..

830-yilda Ishoq haj safariga boshchilik qilish uchun tanlandi; .. Taxminan shu davrda, Abu ar-Roziy Muhammad ibn Abdulhamidning oʻldirilishidan soʻng mintaqada yuzaga kelgan siyosiy boʻshliqni toʻldirish maqsadida, u yana Yaman hokimligi lavozimiga tayinlandi. Ishoq buyruqqa koʻra viloyatga yoʻl oldi va Sanoda oʻz mavqeini mustahkamladi. Biroq, Ishoq Abu ar-Roziyning qotili, isyonchi Ibrohim ibn Abu Jaʼfar al-Manoxiyga qarshi hech qanday chora koʻrmadi va unga janubiy togʻlarda oʻz mavqeini saqlab qolishga ruxsat berdi. Ishoqning ikkinchi hokimligi u vafot etguniga yoki lavozimidan ozod etilguniga qadar davom etdi. Undan soʻng bu lavozimni Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn al-Abbos egalladi, who remarks that Ishaq died in the Yemen in 215 A. H.; , who states that Ishaq died in 216 A. H. and was succeeded by his son Yaʼqub; , who claims that Ishaq arrived in the Yemen in 215 A. H. and was „replaced“ by Abdallah two years later..

Izohlar

Manbalar

Turkum:Abbosiylar