Friedrich Merz (, 1955-yil 11-noyabr, Brilon, Hochsauerland, Arnsberg okrugi, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Gʻarbiy Germaniya) – nemis siyosiy arbobi, 2022-yil 31-yanvardan beri Xristian-demokratik ittifoqi rahbari.
GFRda tugʻilgan. 1972-yildan Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) partiyasi aʼzosi. 1975—1976-yillarda Bundeswerda oʻziyurar artilleriya gaubitsalarida xizmat qilgan. 1976—1982-yillarda Bonn universitetida tahsil olgan (huquq boʻyicha magistr). 1989—1994-yillarda u Germaniyadan Yevropa parlamenti deputati boʻlgan. Hochzauerland okrugidan Bundestag deputati (2021-yildan). Iqtisodiy liberalizm, yevroatlantizm, liberal demokratiya va Yevropa xavfsizligi tarafdori.
Shaxsiy hayoti 1981-yildan Merz oilali; Charlotte Merz Arnsbergda (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) uchastka sudyasi oʻlaroq faoliyat olib boradi. Er-xotinning uch nafar farzandi bor.
2006-yilda „Achen karnaval jamiyati“ Friedrich Merzga „Orden wider den tierischen Ernst“ anʼanaviy yillik mukofotini topshirdi. Manbalar
Havolalar
Turkum:Davlat arboblari Turkum:Germaniya rahbarlari Turkum:Olmoniya Kanslerlari