Deir Sharqiy (, shuningdek Dayr ash-Sharqiy), tarixiy nomi Dayr an-Naqira yoki Dayr Simʼan, Suriya shimoli-gʻarbidagi Idlib muhofazasiga tegishli boʻlgan qishloq. Mantiqa markazi Maarrat an-Nuʼman qishloqdan shimoli-gʻarbda, shimolda Maar Shamsha, shimoli-sharqda Maar Shamarin va Tell Mannas, sharqda Jarjnaz, janubda at-Tah, janubi-gʻarbda Hish, gʻarbda esa Basqala, Hass va Kafr Nabl joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Deir Sharqiy aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004 . Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Idlib Governorate. .
Deir Sharqiyda 361-yil, Vizantiya davriga oid cherkov mavjud. Binodan diqqatga sazovor mozaika topilganCampbell, 1991, p. 29.. Deir Sharqiy oʻtmishda Dayr an-Naqira nomi bilan mashhur boʻlib, bu nom yaqin atrofdagi tepalik nomi edi. Tarixchi Irfan Shahid nazariyasiga koʻra, bu qishloq 4-asrda Tanuxiylar barpo etgan aholi punkti boʻlib, uning nomi Iroqdagi Naqira (yoki Nuqayra) nomidan olingan. Iroqdagi aholi punkti ham Tanux va boshqa arab qabilalari tomonidan oʻzlashtirilgandi. Dayr an-Naqira oʻz navbatida Umaviy xalifa Umar II vafot etgan va dafn etilgan Dayr Sim’on qishlogʻi deb hisoblanadi. Dayr an-Naqirada, Umar II bilan bir maqbarada 12-asrda yashagan musulmon zohidi Abu Zakariya Yahyo ibn al-Mansur al-Magʻribiy ham dafn etilgan. Uning qabrini Salohiddin ziyorat qilgan edi. Abu Zakariya qishloqda tanho yashagan. Inshoot qurilgan sana nomaʼlum. Taxminan 1970-yilda Suriya hukumati bu joyda rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari tugagunga qadar Umar nomi yozilgan qabrtoshni qishloq muxtarining uyiga koʻchirgan edi. Qabrlar Suriya fuqarolar urushi davrida vayron qilingan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Maarrat an-Nuʼman okrugi aholi punktlari Turkum:Idlib muhofazasi qishloqlari