7SABER () – oʻzbek sport kiyimlari brendi. 2021-yilning 29-iyunida Toshkentda taqdim etilgan. Oʻsha vaqtda Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi boʻlgan Otabek Umarov va jamoat arbobi Oraz Abdurazakov tomonidan asos solingan.

Dastlab turli sport turlarini ifodalovchi grafik ramz sifatida yaratilgan, keyinchalik esa sport, kundalik kiyimlar va energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchi shirkatga aylandi7SABER brendining ekipirovkalari xorijiy hamkasblarimizda iliq taassurot qoldirmoqda.

2025-yil avgust oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi erkaklar milliy terma jamoasi 7Saber tomonidan taqdim etiladigan formalarga oʻtishini eʼlon qildi. Oʻzgarish Oʻzbekistonning ilk bor jahon chempionatiga yoʻllanma olganidan soʻng amalga oshirildi. Jamoaning 2019-yildan beri homiysi hisoblangan Jako shirkati bilan hamkorligi yakunlandi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonning „Bunyodkor“, „OKMK“, „Qoʻqon 1912“ va „Lokomotiv“ futbol klublariga homiylik qiladi.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Oʻzbekiston shirkatlari Turkum:2021-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar