Sarmada () – Suriyaning Idlib muhofazasi Harem okrugi tarkibidagi shaharchaSarmada; Esyria. Shaharcha Suriyaning eng shimoli-gʻarbiy qismida, Turkiya bilan chegarada joylashgan. 722-yilda Antioxiya patriarxi Elias Sarmadadagi cherkovni muqaddas deb eʼlon qilgan. Shuningdek, 1119-yil 28-iyunda Antioxiya knyazligi va Artukli bekligi oʻrtasidagi Sarmada jangi ayni shaharchada sodir boʻlgan.

Obidalari

Sarmada kolonnasi Shaharcha milodiy II asrga tegishli Alexandrasning Rim uslubidagi maqbarasi bilan mashhur. Maqbara toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlib, oʻn uchta silindrsimon toshdan tashkil topgan ikkita ustuni mavjud. Ustunlar oʻninchi silindrda gorizontal qism bilan birlashtirilgan boʻlib, uning tepasida qoʻshimcha kapitel joylashgan.

Avliyo Daniel va Hisn ad-Dair monastiri Avliyo Daniel monastiri (shuningdek, Breij, Braij yoki al-Breij nomi bilan ham mashhur) shahardan 2 km gʻarbda, katta yoʻldan taxminan 400 metr balandlikda joylashgan. Monastir Oʻlik shaharlarning soʻnggi monastik davri, yaʼni milodiy VI asrga oid deb belgilangan.

1121-yilda Quddus hukmdori Bolduin II Sarmada yaqinidagi Hisn ad-Dair nomli monastirni Gaellik Alanga bergan. Ushbu monastir mustahkamlangan qal’a deya tavsiflangan. Shuningdek, hududda uchta kuzatuv minorasi boʻlgan qal’a haqida ham maʼlumotlar bor.

Rim ibodatxonasi Baqirha yoʻnalishidagi yoʻl boʻylab 4 km uzoqlikda Zevsga bagʻishlangan Rim ibodatxonasi joylashgan. Epigrafik dalillar asosida bu inshoot taxminan milodiy 169-yilga toʻgʻri kelishi aniqlangan. Ibodatxona ulkan darvoza va selladan tashkil topgan boʻlib, bir paytlar toʻrt ustunli boʻlgan inshootning saqlanib qolgan yagona ustuni ham mavjud.

Manbalar

Havolalar Column of Sarmada on 3Darchaeology.blogspot.co.uk Photo of the Column of Sarmada on Flickr Sarmada on Wikimapia Images of alleged clandestine excavations being carried out at an archaeological site in Sarmada on the Facebook page of Le patrimoine archéologique syrien en danger

Turkum:Harem okrugi aholi punktlari Turkum:Qadimgi Rim ibodatxonalari Turkum:Suriyadagi Rim yodgorliklari Turkum:Suriyadagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Halab muhofazasidagi arxeologik yodgorliklar