Oʻzbekistonda oʻlim jazosi 2008-yilda rasman bekor qilingan.
Tarixi 1994-yil Oʻzbekistonda oʻlim jazosi jinoyat kodeksining oʻttiz uchta moddasida nazarda tutilgan edi. Keyinchalik, 1998, 2001 va 2003-yillarda qonundagi bir qator tuzatishlar qabul qilinganidan soʻng, oʻlim jazosi nazarda tutilgan moddalar soni ikkita – ogʻirlashtiruvchi holatlarda qotillik va terrorizm moddalari bilan cheklangan.
2005-yil may oyida Andijondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanganlar ustidan sud ishlari boshlanganidan keyin oʻlim jazosi va uni bekor qilish muddatlari mamlakat aholisi va tashqi mamlakatlar diqqat markazida boʻlgan. Bu davrda yuzdan ortiq odam ogʻirlashtiruvchi holatlarda qotillik va terrorizmda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.
2005-yil 1-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov „2008-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi jinoiy jazo turi sifatida bekor qilinib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilsin“ degan farmonni imzolagan. Uch yillik kechikishning sababi oʻlim jazosi oʻrniga umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni joylashtirish uchun yangi qamoqxonalar qurish uchun vaqt zarurati edi.
Oʻzbekistonda soʻnggi oʻlim jazosini ijro etish amaliyoti 2005-yilda amalga oshirilgan. Shundan soʻng mamlakatda, 2005-yildan 2008-yilda yangi farmon kuchga kirgunga qadar oʻlim jazosini jazo chorasi sifatida tayinlashga yashirin moratoriy amal qilganligini koʻrsatishi mumkin.
2022-yil iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻlim jazosini taqiqlashni mamlakat konstitutsiyasiga ham kiritishni taklif qilgan. 2023-yildagi tuzatish yangi konstitutsiya orqali mustahkamlandi. Oʻlim jazosining bekor qilinishi ortidan uning oʻrniga, asosiy eng ogʻir jazo turi sifatida tanlangan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga tayinlangan insonlar 2018—2023-yillarda 11 nafarni tashkil etgan.
Manbalar
oʻlim jazosi Turkum:Mamlakatlar boʻyicha oʻlim jazosi