Kafriya (, shuningdek, Kifarya yoki Kefraya) – Suriya shimolidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Idlib muhofazasi tarkibiga kiradi. Idlibning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimolda Maarrat Misrin, shimoli-sharqda Zardana, sharqda Taftanaz, janubda esa al-Fuʼah va Binnish bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Kafriya aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004 . Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Idlib Governorate. Archived at . . Yaqin atrofdagi al-Fu’ah shahri kabi Kafriya aholisining ham aksariyati shia mazhabidagi musulmonlar boʻlib, atrofdagi boshqa hududlarda esa asosan sunniy mazhabidagi musulmonlar istiqomat qiladiHubbard, Ben. Rebel-held Syrian town struggles to keep the peace . Associated Press. 2012-06-25.. Suriya fuqarolar urushi
Suriyadagi fuqarolar urushi vaqtida qishloqni isyonchilar qamal qilgan. 2016-yil 11-yanvarda Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi va Jahon oziq-ovqat dasturi mazkur qishloq va Al-Fu’ah shahriga oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa yordam yetkazib berish uchun yordam karvoni tashkil qilgan.
2018-yil 19-iyulda Kafriya va Fuʼah aholisi va qamaldagi ikki shaharda joylashgan hukumat jangchilari Eron, Suriya hukumati va Hayʼat Tahrir ash-Shom guruhi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, Turkiya vositachiligida hukumat nazorati ostidagi Halabga avtobuslarda evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya natijasida boʻshagan hudud HTS tomonidan harbiy hudud deya eʼlon qilindi.
Evakuatsiya jarayonida hukumat hududlariga kirishni kutayotgan avtobuslarni olib oʻtishda sodir boʻlgan terakt oqibatida 126 kishi, jumladan 68 bola halok boʻldi.
Manbalar
Turkum:Idlib okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi shialar jamoalari