Vazgen Sosovich Minasyants (16-may, 1949 yil, Toshkent shahri) – oʻzbek tarixchisi, arxeologi va rassom-restavratori. U Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida uzoq yillar faoliyat yuritib, arxeologik va etnografik ashyolarni tadqiq qilish hamda restavratsiya qilishda katta tajriba toʻplagan. Shuningdek, taniqli arxeologlarning ilmiy faoliyati haqida monografiyalar yozgan va muzeyshunoslik sohasida salmoqli ishlar qilgan.
Hayoti Vazgen Sosovich Minasyants 1949-yil 16-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1972 yilda Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini tamomlab, tarixchi va arxeolog mutaxassisligini olgan.
Mehnat faoliyati
1967–1968 – Toshkent davlat universiteti laboratoriya xodimi
1968–1972 – Toshkent davlat universiteti talabasi
1972–1981 – Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida ilmiy xodim va xazinabon
1981–1992 – Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida katta ilmiy xodim
1992–2009 – Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida katta ilmiy xodim
2009–2011 – Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida restavrator-arxeolog
2011–2020 – Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida restavratsiya boʻlimi boshligʻi
2020–2021 – Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi “Tarix” ilmiy boʻlimi ilmiy xodimi
2021 – hozirga qadar – Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi “Sanʼat va etnografiya” ilmiy boʻlimida rassom-restavrator.
Ilmiy faoliyati Vazgen Minasyants arxeologik va etnografik ashyolarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish va ularni restavratsiya qilishga ixtisoslashgan. U muzey kolleksiyalarini oʻrganish bilan birga taniqli arxeologlarning ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan monografiyalar yaratgan. Uning ilmiy maqolalari muzeyshunoslik va tarixshunoslik sohalarida muhim ahamiyatga ega.
Mukofotlari
Doʻstlik ordeni (2003)
Manbalar
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi materiallari.