Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi – mamlakatda qilichbozlik sportini rivojlantirish, ommalashtirish va sportchilarni xalqaro maydonga tayyorlash bilan shugʻullanuvchi milliy sport tashkilot. Ushbu federatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qoʻmitasi hamda Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) tarkibida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifasi isteʼdodli sportchilarni tarbiyalash, ularga xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur sharoitlarni yaratish hisoblanadi.

Tarixi

Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi 1992-yillarda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida Oʻzbekiston qilichbozlar federatsiyasi Osiyo qilichbozlar Assotsiatsiyasi va Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga aʼzo boʻlgan. 1998-yil 6-noyabrdan Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Prizdenti etib Olimpiada oʻyinlari kumush medal sohibi Sobirjon Roʻziyev saylanagan. Oʻzbekistonda ilk bor 1954-yildan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilgan. Respublikada qilichbozlikning rivojlanishida K.Tojiyeva, I.Markin, D.Itsenko, P.Abdurazzoqov, I.Artishkin, Sh. Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishgan. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan. 1995-yil sentyabr oyida Toshkentda I Markaziy Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Unda bizning qilichbozlarimiz munosib qatnashib: S.Filimonova shaxsiy musobaqada oltin medal, G. V. Zokirova kumush medal olib, jamoalar musobaqasida Qozogʻiston terma jamoasini magʻlubiyatga uchratgan. Erkak rapirachi va sabliyachilar 2-oʻrnini, shpagachilar 3-oʻrinni qoʻlga kiritishgan. 2022-yil 27-may kuni Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaga yangi rahbarni saylash kun tartibining asosiy masalasi sifatida qoʻyilgan. Maqsud Abdusamatov federatsiya raisi lavozimiga konferensiya ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan va bir ovozdan ushbu lavozimga saylangan. Bunga qadar Rustam Shoabdurahmonov federatsiyaga rahbarlik qilgan. 2027-yil 20-28-iyul kunlari Toshkent shahrida kattalar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yana qarang Qilichbozlik

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonda Sport Federatsiyalari