Saida, shuningdek, Sayda (), Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasi tarkibiga kiradi. Daraadan sharqda joylashgan. Gʻarbda an-Naima, shimolda al-Gʻariya al-Gʻarbiya, sharqda Kahil va al-Musayfira, janubda esa at-Tayba va Umm al-Mayazen bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Saida aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. .

Tarixi 1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida, Sayda qishlogʻi Havron qadasining (tumani) Butayna nohiyasi (mahalliy maʼmuriy hudud) tarkibida ekani qayd etilgan. Aholisi 41 xonadon va 13 boʻydoqdan iborat musulmonlar boʻlgan. Aholi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar, echkilar va asalari uyalaridan 40 % miqdorida qatʼiy belgilangan soliq toʻlagan. Bunga qoʻshimcha ravishda vaqti-vaqti bilan boshqa daromadlardan ham soliq toʻlangan. Jami soliq miqdori 8188 akçeni tashkil etgan. Soliqlarning 1/6 qismi vaqfga ketganHütteroth and Abdulfattah, 1977, p. 214. 1838-yilda Eli Smith bu joyning Haj yoʻlidan gʻarbda joylashgani va vayronaga aylanib qolganini qayd etganRobinson and Smith, 1841, vol 3, 2nd appendix, p. 161.

1858-yilga kelib, Usmoniylar hukmronligi davrida Saida xirba (vayron boʻlgan qishloq) ekani tilga olingan. Biroq oʻsha asrning ikkinchi yarmida Saida joylashgan Havron mintaqasida gʻalla yetishtirish qayta rivojlanib, xavfsizlik tiklandi. Shu davrdan boshlab ushbu qishloqqa aholi joylasha boshladi va 1895-yilda qishloq aholisi 250 nafarga yetdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Deraa-map, 22L

Turkum:Usmoniylar imperiyasida 19-asrda asos solinganlar Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari